Glossariy avtonomlashuv
Somatik-jismoniy. ijtimoiy adaptatsiya-
Download 69.68 Kb.
|
GLOSSARIY 22-tema
Somatik-jismoniy.
ijtimoiy adaptatsiya- metod va usullar tizimi bo’lib, uning maqsadi insonlarga ularning ijtimoiylashuvi va yangi ijtimoiy sharoitlarga ko’nikishlariga yordam berish. ijtimoiy diagnoztika- ijtimoiy hodisani, uning holatini xarakterlaydigan va uning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida kompleks o’rganish jarayoni. Metod, usullar vositasida tadqiq etishga asoslanadi. ijtimoiy diagnoztika ijtimoiy muammoni a’zolarga bo’lib tashlash orqali o’rganishni ko’zda tutadi. Olingan ijtimoiy tashhiz o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning salbiy tendensiyalarini oldini olishga qaratilgan amaliy harakatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. ijtimoiy yetim-biologik ota-onaga ega, biroq ular muayyan sabablarga ko’ra bola tarbiyasi bilan shug’ullanishmaydi va unga g’amxo’rlik qilishmaydi. Ijtimoiyinformatsion yordam-bolalarni ijtimoiy g’amxo’rlik, himoya, shuningdek ijtimoiy xizmatlar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan yordam. ijtimoiy ish- ijtimoiy sohadagi tashkiliy faoliyat bo’lib, jamiyatning barcha qatlamlaridagi ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo’lgan maxsus ijtimoiy mehanizm hisoblanadi. Uning maqsadi inson manfaati va ehtiyojlarini moddiylashtirish, ijtimoiy va shaxsiy ahsmiyatga ega natijalarni qo’lga kiritish, jamiyatda shaxsning, guruhning yoki jamoaning ijtimoiy maqomini mustahkamlash yoki o’zgartirish. ijtimoiy iqtisodiy yordam-muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emotsional holatini tiklash bo’yicha muassasa, markazlarda yordam ko’rsatish. ijtimoiy normalar-insonlar xatti-harakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muyyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari. ijtimoiy patronaj-shaxs huquqlari, voyaga yetmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Texnologiya sifatida ijtimoiy vasiylik vasiylikka muhtoj odamlarni aniqlaydi, vasiylarni tanlaydi, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soladi. Patronaj uyda profilaktik, sog’lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlani o’tkazishni ko’zda tutadi. Download 69.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling