Glossariy avtonomlashuv
Download 69.68 Kb.
|
GLOSSARIY 22-tema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik qarovsizlik
- Rahmdillik
- Referent guruh
Pedagogik tashhiz-o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.
Pedagogik texnologiya-ta’lim-tarbiyaning pedagogik samaradorligini oshiruvchi omillar tahlili orqali optimallashuvi jarayonidir. Pedagogik texnologiya bolalarni natijaviy qilib tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari natijalilik, algoritm mavjudligi, iqtisod, loyihalashtirish, butunlik va boshqarish hisoblanadi. Bu pedagogik texnologiyalar ish samaradorligini oshirishi, har qanday sharoitlarda qo’llaniladi, bir-biri bilan bog’liq aniq ifodalangan bosqichlarga egaligidan dalolat beradi. Pedagogik qarovsizlik-shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon bo’ladi. Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolalar va o’smirlarni o’rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir. Rahmdillik-kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish. Reabilitatsiya-bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, uchinchidan professional tayyorganrlik asosida erishiladi. Referent guruh-inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar. Refleksiya-insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti-harakatlari, hislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini anglab olishi. Download 69.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling