Glossariy avtoritar texnologiya
Download 47.33 Kb.
|
XpCCJnKXwQ0VkbZMp2Y8WnKxYdVVpRB6Zbk9FlIw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim vositalari
- Ta’lim metodi
- Ta’limning tashkiliy shakli
- Texnologiya
- Tushuntirish-kо’rgazmali yondashuv
Ta’lim maqsadlari - muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan о’zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bо’lgan bilim, kо’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarni belgilaydi.
Ta’lim axboroti – muayyan faoliyatturi, ixtisosini amalga oshirishda qо’llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bо’lgan bilimdir. Ta’lim berish – ta’lim oluvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati bо’lib, insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish jarayonidir Ta’lim vositalari- о’qitilishi va о’rganilishi lozim bо’lgan bilimlarni beruvchi, kо’nikma va malakalarni rivojlantiruvchi har qanday axborot tashuvchilardir. Ta’lim mazmuni – insonni о’qitish jarayonida egallashi lozim bо’lgan bilim, kо’nikma va malakalar hajmi va harakteri. Ta’lim metodi – bu ta’lim jarayonida pedagog va ta’lim oluvchilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir. Ta’lim –ta’lim oluvchilarni nazariy bilim, amaliy kо’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini о’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yо’naltirilgan jarayon. Ta’limning tashkiliy shakli - belgilangan tartibda sodir bо’ladigan, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir. Ta’lim-tarbiya jarayoni- ta’lim oluvchilar his-tuyg‘ulari, ongi, xarakteri kabilarga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda bilim, kо’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar shakllantirish tizimi Texnologiya- yunoncha ikki sо’zdan – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va «logos” (logos) – fan, ta’limot sо’zlaridan tashkil topgan. Tizim - о’zaro bog‘liq va uzviy tartibda bо’lgan qismlardan tashkil topgan tuzilma. Tushunish – uning kо’rsatkichi, materialni bir shakldan boshqa shaklga о’tkazilishi bо’lishi mumkin materialni intepretatsiyasi yoki hodisa va voqealarning kelajagini oqibatlar bashorat qilish. Tushuntirish-kо’rgazmali yondashuv – pedagoglar mashg‘ulot davomida о’quv uslubiy adabiyotlardagi kо’rgazmali vositalar orqali «tayyor» holda bilim oladilar. Download 47.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling