Glossariy avtoritar texnologiya
Kompyuterlashtirilgan о’qitish texnologiyasi
Download 47.33 Kb.
|
XpCCJnKXwQ0VkbZMp2Y8WnKxYdVVpRB6Zbk9FlIw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qobiliyat
- Ma’lumot
- Mimika
- Modulli о’qitish
Kompyuterlashtirilgan о’qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan о’qitishdir.
Kо’nikma –1) shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 2) о’zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat. Qobiliyat – shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat Maqsad – qо’yilgan muammo (maqsad) yechimiga intilishi yо’nalishi va bu boradagi harakatlar natijasi. Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Masofaviy о’qitish – bu masofadan turib о’qitish, qaysiki о’quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki kо’p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi. Mahorat (arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, о’ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, kо’nikma va malakalar majmui Ma’lumot –ta’lim-tarbiya natijasida о’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan kо’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Metod - (yunoncha sо’zdan olingan bо’lib, “yо’l” degan ma’noni anglatadi) maqsadga erishish yо’lini bildiradi. Mimika (yunon. “mimikos” – “taqlidiy”) – yuz muskullari harakatlari orqali shaxsning о’z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyati hamda mavjud voqelikka munosabatini ifodalashi Modul – bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni о’zlashtirishga yо’naltirilgan, ishlab chiqilgan prinsiplar asosida shakllangan mantiqan tugallangan о’quv materialidir. Modulli о’qitish – xalqaro tushuncha – modul bilan bog‘liq bо’lib («modul», lotincha modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat kо’rsata oladigan о’zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bо’lgan tugunni bildiradi. Muloqot – 1) kishilarning о’zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir kо’rsatishlari kishilar о’rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga ta’sir kо’rsatishi asosida ular о’rtasida rо’y beradigan axborot almashinuvi Download 47.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling