Glossariy dsn- davlat sanitariya nazorati osn – ogohlantiruvchi sanitariya nazorati jsn
Download 16.62 Kb.
|
kom glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi
- Insonning yashash muhiti
- Kasallanish
- Xlebnikova soni
- To‘yinish defitsiti
GLOSSARIY DSN- davlat sanitariya nazorati OSN – ogohlantiruvchi sanitariya nazorati JSN- joriy sanitariya nazorati REM- ruxsat etilgan me’yor QMQ- qurilish me’yor qoida DSENM - davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi DavST- davlat standarti SanQ va M - sanitariya qoida va me'yorlar MTG - mahsus tibbiy guruh DPM - davolash profilaktika muassasasi BJSST- Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti SSV- sog’liqni saqlash vazirligi KBE- kislorodga bo’lgan ehtiyoj SHM- sanitariya himoya mintaqalari YKM - yo’l qo’yiladigan me'yor Gigiena- mustaqil fan bo'lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillar/g ta'sirini o'rganadi va uning asosida gigienik me'yorlar, qoidalar va reglamentlarni ishlab chiqadi Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi -aholi sog’liqining holati bo'lib, bunda insonga yashash muhiti omillarining zararli ta'siri mavjud bo'lmaydi va uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar ta'minlanadi; Davlat sanitariya nazorati- aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga doir faoliyat; Insonning yashash muhiti- insonning hayot faoliyati shart-sharoitlarini belgilaydigan ob'ektlar, hodisalar va atrof-muhit omillari majmui; Gigienik me'yorlar- doimo ta'sir ko'rsatuvchi va inson uchun kerakli omillar Gigienik qoidalar- tabiatda bor bo'lgan u yoki bu omilga bo'lgan gigienik talablarning oqzaki ta'rifi Gigienik Reglamentlar- odam organizmiga negativ ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan o'rnatiladigan me'yorlar Kommunal gigiena- Gigienaning bir bo'limi bo'lib, insonga tabiiy va antropogen omillar ta'sirini o'rganadi va shular asosida gigienik me'erlarni va sanitariya qoidalarini ishlab chiqadi. Sog’lom turmush tarzi-atrof muhitda bor bo'lgan barcha omillarning organizmga ta'sir etish mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish, va ana shu omillardan o'zining salomatligi uchun foyda keltiradigan tomonlaridan samarali foydalana olishi Kasallanish- aholi orasida yoki uning ayrim guruhlari ichida tarqalgan kasalliklar. Tindirish - suvni muallaq moddalardan xoli qilish bilan rangini yaxshilanadi- bunda kolloid moddalarni massasini oshirib tez cho’kmaga tushirishdan iborat. Zararsizlantirish - suvni patogen mikroblar va viruslardan xoli qilish. Koagulyant - kolloid moddalarning (gidrozol yoki zollar) reagentlar bilan o’zaro boglanib ivishi, pagalar paydo qilishi va cho’kishi (gidrogel yoki gellar). Xlebnikova soni - bu tuproqdagi oksil azot nisbatining organik azot nisbatiga tengligiga aytiladi. Absolyut namlik- Havodagi ayni vaqtning o‘zida topilgan suv bug‘lari miqdori. Maksimal namlik - havoda to‘yingan suv bug‘lari miqdoriga aytiladi. Nisbiy namlik - Absolyut namlikning maksimal namlikka nisbatan foizlarda ifodalanadigan nisbati. To‘yinish defitsiti - Maksimal va absolyut namlik o‘rtasidagi farqdir. Shudring nuqtasi -havodagi suv bug‘lari bo‘shliqni to‘yintiradigan haroratga aytiladi Download 16.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling