Glossariy individual ta’lim xaritasi
Download 13.13 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish
GLOSSARIY Individual ta’lim xaritasi – bu tarbiyalanuvchining qiziqishlari va ta’lim talablari asosida tuzilgan, uning barcha qobiliyatlari va iste'dodlarini ochish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydigan o‘quv faoliyati dasturi. Maktabgacha taʼlim va tarbiya – bolalarga taʼlim va tarbiya berishga, ularni intellektual, maʼnaviyaxloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turi. Rivojlanish (pedagogikada) – olg‘a intilish natijasida muntazam o‘zgarish jarayoni, bir holatdan mukammalroq boshqa holatga, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o‘tish. Tarbiya – bu jamoa va pedagoglarning tarbiyalanuvchiga shaxsni mazmunan maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lgan, maxsus tashkil etilgan, maqsadli va boshqariladigan ta'siri. Shu bilan birga, ta’lim tashkilotida va oilada ta'lim va tarbiya o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Xulq-atvor – bu shaxsning biror kishi yoki narsaga (masalan, shaxsga, guruhga, tashkilotga, masalaga, hodisaga, belgiga) nisbatan umumiy psixologik munosabati. Xulq-atvor ko‘nikmalari odatda to‘rt komponentdan iborat: xatti-harakat ob'ekti haqidagi e'tiqod va fikrlar, ob'ektga nisbatan hissiyot yoki tuyg‘ular, ob'ektni baholash (ijobiy yoki salbiy) va ob'ektga nisbatan o‘zini qanday tutishga moyillik. Download 13.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling