Kompyuter virusi – biror algoritmik tilda yozilgan maxsus dastur hisoblanadi.
Tarmoqli viruslar kompyuter tarmoqlari orqali tarqaladi. Bu tipdagi viruslar diskdan emas,
balki lokal yoki global tarmoqlar orqali tarqalib, bajaruvchi dasturlarni zararlantirmaydi. Ular
tarmoqda juda ham tez tarqaladi.
Faylli viruslar .com, .exe va boshqa kengaytmali fayllarni zararlantiradi.
YUklanuvchi viruslar diskning ishga tushiruvchi sektorini(Boot-sektor) yoki tizimli diskni
ishga tushiruvchi dasturlarni(Master Boot Record) zararlaydi.
Faylli-yuklanuvchi viruslar fayllarni va disk sektorlarini zararlaydi. Bu tipdagi viruslar
murakkab algoritm va texnologiyalar asosida yaratiladi.
Parazitli virus fayllarning tarkibini va disk sektorlarini o‘zgartiradi va bu viruslarni osonlik
bilan aniqlash va o‘chirib tashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |