Glossariy informatika – kompyuterlar yordami va ularni


Jamiyatni axborotlashtirish


Download 298.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana08.01.2022
Hajmi298.04 Kb.
#246053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
4 GLOSSARIY

Jamiyatni axborotlashtirish – bu  axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish 

asosida  tashkilot,  davlat  boshqaruv  organlari,  fuqarolarning  huquqini  amalga  oshirish  va 

iste’molchilarning  axborot  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  optimal  sharoitlarni  yaratishning 

tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir.  



Kompyuter  –  dasturlanadigan  elektron  qurilma  bo‘lib,  u  axborotlarni  qayta  ishlaydigan, 

saqlaydigan va yig‘adigan elektron-hisoblash mashinasidir. 



Sistema bloki - kompyuterning markaziy qismi hisoblanadi. Kompyuter - deyilganda aynan 

sistema bloki tushuniladi. 



Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo‘lib, u ma’lumotlarni berilgan 

dastur  asosida  qayta  ishlaydi  va  u  140  tacha  turli  arifmetik  va  mantiqiy  amallarni  bajaradi. 

Mikroprotsessor (CPU) kompyuterning «Miyasi» hisoblanadi, unda barcha hisob-kitoblar amalga 

oshiriladi,  uning  asosiy  ko‘rsatkichi  tezligi  hisoblanadi  va  megagers  (Mgs)  sekundlarda 

o‘lchanadi, u qancha qatta bo‘lsa,kompyuter shuncha tez ishlaydi. 

Operativ xotira  kompyuterning  muhim  qismi  bo‘lib,  protsessor undan  amallarni  bajarish 

uchun dastur berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi.  



Doimiy  xotira  -  kompyuterlarda  berilganlar  unga  avvaldan  joylashtirilgan  doimiy  xotira 

(BIOS)  -  kiritish  chiqarishning  asosiy  tizimi  mavjud.  Bunday  xotiradan  faqat  o‘qish  mumkin 

bo‘lganligi  sababli,  u  ROM  -  faqat  o‘qish  uchun  ishlatiladi.  Vazifasi,  kompyuter  jihozlarini 

ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang‘ich  yuklanishini  ta’minlash, qurilmalarga 

xizmat ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 

Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va 

mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali 

bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.  

Videoxotira  monitor  ekranida  video  ma’lumotlarni  (videotasvirlarni)  saqlab  turish  uchun 

ishlatiladi.  Videoxotira  bu  grafik  tasvirlar  shakllanadigan  maxsus  operativ  xotiradir.  Uning 

kattaligi  512  Kbdan  tortib  4  Mbgacha  bo‘lishi  mumkin  va  ular  16,7  mln.  rangni  uzata  olish 

imkoniyatiga ega bo‘ladi.  



Shina  -  kompyuterlarda  har  bir  qurilmalarning  ishini  boshqaruvchi  elektron  sxemalar 

mavjud bo‘lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va 

xotira orqali berilganlarni ayrboshlovchi shina (sim) lar orqali bog‘langan bo‘ladi.  


Download 298.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling