Yig‘uvchi-dasturlar (arxivatorlar), bu dasturlar axborotlarni diskka yanada jips yozishga
hamda bir nechta fayl nusxalarini bitta arxiv faylga birlashtirishga imkon beradi;
Antivirus dasturlar, kompyuter viruslari bilan zararlanishning oldini olish va viruslar bilan
zararlanganlarini davolash uchun ishlatiladi;
Kommunikatsion dasturlar, bu dasturlar kompyuterlar orasida axborotni almashishni
tashkillashtiradi;
Xotirani boshqaradigan dasturlar, bu dasturlar operativ xotirani bir muncha moslab
ishlatish uchun qo‘llaniladi
Matnlar redaktori, matnli redaktor (text editor, word processor) – turli turdagi hujjatlar
va ma’lumotlarni fayllar ko‘rinishida yaratish, tahrirlash, ekranga chiqarish va bosmaga chiqarish
hamda saqlash uchun mo‘ljallangan dasturlarning umumiy nomi
Jadvalli redaktor, elektron jadval (table editor) – jadval shaklida tasvirlangan katta
massivli ma’lumotlarda hisoblash (iqtisodiy, buxgalteriya, muhandislik, statistik) masalalarini
echish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlarning umumiy nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |