Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi – axborot bilan ishlash va uni
uzatishning kompyuterlar tarmog‘i va boshqa zamonaviy vositalari bazasida ham tashkilot ichida,
ham undan tashqarida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish va saqlab turishdan iborat.
Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo‘lib,
foydalanuvchiga tarmoq bo‘ylab o‘zining sheriklariga xabarlar yuborish, olish va saqlash
imkoniyatini beradi.
Audiopochta. Bu pochta xabarlarni ovoz bilan yuborish uchun mo‘ljallangan.
Jadvalli protsessor. U ham, matnli protsessor kabi, har qanday xodimning va
avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalari axborot madaniyatining bazaviy tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: