Glossariy (izоhli lug`at) Tub sonlar


Download 334 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi334 Kb.
#1379894
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Glossariy


GLOSSARIY
(izоhli lug`at)
Tub sonlar - 1 va o'zidan boshqa bo'luvchisi bo'lmagan natural sonlardir.
Murakkab sonlar - 1 va o'zidan boshqa bo'luvchilarga ega bo'lgan natural sonlardir.
Irratsional sonlar - davriy bo'lmagan cheksiz o'nli kasrlardir.
Birhad deb - sonlar, o'zgaruvchilarning natural darajalari va ularning ko'paytmalari qatnashgan hamda sonlar va o'zgaruvchilar ustida boshqa amallarni o'z ichiga olmaydigan ifodaga aytiladi.
Ko’phad deb - bir necha birhadning algebraik yig'indisiga aytiladi. Ko'phadni tashkil etuvchi birhadlar shu ko'phadning hadlari deyiladi.
Tenglama deb - Bir yoki bir nechta noma'lum qatnashgan tenglikka aytiladi.
Chiziqli yoki birinchi darajali bir noma'lumli tenglama deb - ax + b = 0
shakldagi yoki ayniy almashtirishlardan keyin yuqoridagi ko'rinishga keltirish mumkin bo'lgan tenglamalarga aytiladi.
Aylana deb - tekislikda biror nuqtadan teng uzoqlikda joylashgan nuqtalar geometrik o’rniga aytiladi.
Ellips deb - tekislikda, har bir nuqtasidan berilgan ikkita nuqtalargacha bo’lgan masofalar yig’indisi o’zgarmas miqdordan iborat bo’lgan nuqtalar geometrik o’rniga aytiladi.
Giperbola deb - tekislikda, har bir nuqtasidan berilgan ikkita (fokus) nuqtalargacha bo’lgan masofalar ayirmasi o’zgarmas miqdordan iborat bo’lgan nuqtalar geometrik o’rniga aytiladi.
Parabola deb - tekislikda, har bir nuqtasidan berilgan nuqta (fokus) gacha va berilgan to’g’ri chiziq(direktrisa)gacha masofalari o’zaro teng bo’lgan nuqtalar geometrik o’rniga aytiladi.
Abstsissa – nuqtaning (dеkart yoki affin) kооrdinatalaridan birinchisi. Abstsissa оdatda latin alifbоsining х harfi bilan bеlgilanadi;
Binоm – ikkihad dеgan ibоra bilan bir хil ma’nоni anglatadi. Bu tеrmin lоtincha bi – ikki dеgan so`z bilan grеkcha nomos – sоha, qism, had dеgan so`zlardan хоsil bo`lgan;

Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling