Glossariy kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Download 153.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Глоссарий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
- Bilim
- Interfaol mashg‘ulot
- Motiv
- Perseptiv qobiliyat
- Kasbiy – pedagogik muloqot
- Kasbiy tayyorgarlik
- Malakalar
- Ta’lim va tarbiya birligi
- Ta’limning ilmiyligi
- Ta’limda tizimlilik va izchillik
- Nazariya va amaliyot birligi
- Yosh individual xususiyatlarni hisobga olish
- Ta’limning politexnik xususiyatga egaligi
- Onglilik va faollik
- Ta’limda kо‘rsat malilik
- Bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishning mustahkam va puxtaligi
GLOSSARIY Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishdir, ya’ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yо‘lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub о‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo yо‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yо‘liga izchil о‘tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustivorligini qaror toptirish, milliy о‘zlikni anglashning о‘sib borishi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg‘otish, respublikaning jahondigi mavqei va obrо‘-e’tiborini mustahkamlanib borishigi erishish. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli – uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyektita’lim sohasidagi xizmatlaning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi. Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafolatlari. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kо‘rsatish muhitini о‘z ichiga oladi.
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi Ishlab chiqarish – kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati va nisbatan qо‘yiladigantalablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
aniq aks ettirilishidir. Malaka - mavjud bilimlari asosida о‘zgargan yoki yangi sharoitlarda shaxsning faoliyatni samarali bajarishga qobiliyati hisoblanadi. Malaka – bu bilimlar yordamida mavjud axborotlarni tushunib olish, maqsadga erishish rejasini tuzish, faoliyat jarayonini boshqarish va nazorat qilish qobiliyatidir. Oddiy malakalar yetarlicha mashq qilinganda avtomatlashtirilishi mumkin va kо‘nikmalarga aylanadi.
turib bajarish qobiliyatidir. Shuning uchun ba’zan kо‘nikma – bu avtomatlashtirilgan malaka deb aytadilar. Kо‘nikma va malakalar turli xil mantiqiy asoslar bо‘yicha turlarga ajratiladi.
jarayon hamkorlikda kechadi. Yо‘l – (ruscha – priyom ) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi. Metod – grekcha sо‘z bо‘lib, yо‘l, axloq usuli ma’nolarini bildiradi. Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yо‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli, kо‘rinishi.
yig‘indisi. Pedagogika – ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini о‘rganuvchi fan. u barkamol insonni voyaga yetkazish maqsadlariga xizmat qiladi. Perseptiv qobiliyat – о‘quvchining ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat. О‘rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni kо‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish kо‘nikmalarini egallash. О‘rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish kо‘nikmalarining о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishini turli vosita va usullarni qо‘llab tushuntirish, kо‘rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni.
asoslangan shaklda ta’lim berishga yо‘naltirilgan tizim. Kasbiy – pedagogik muloqot – pedagog va ta’lim oluvchilarning о‘zaro zich ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bо‘lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish, kommunikativ vositalar yordamida о‘zaro munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi.
hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi. Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bо‘lgan nazariy va amaliy tayyogarlik birligi. Bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlarning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog‘liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi va insonning ixtiyoridan tashqari mavjud bо‘ladi. Uni о‘zgartirib bо‘lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali о‘tadi. Kо‘nikma va malakalar. Kо‘nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bо‘lgan harakatlari va reaksiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir. Malaka- kishi egallagan bilimlari kо‘nikma bosqichidan о‘tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir. Mahorat- о‘zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish. Kasb - muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat usullarini о‘zlashtirish orqali erishiladi.
egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bо‘yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bо‘ladi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajadagi moslashuvchanligi, yangiliklarni tez о‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida о‘ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kasbi sifatlar bilan belgilanadi.
birligi Bu tamoyil unumli mehnat, ya’ni ijtimoiy foydali buyumlar yaratish asosida ishlab chiqarish ta’limi berishni kо‘zda tutadi. Bunday mehnat va texnologik jihatdan yaxshi ta’minlanganligi, chuqurroq bilim ta’lab etishi, о‘quvchilarning moddiy manfaatdor bо‘lishi bilan tavsiflanadi.
Hozirgi zamon fanida uzil-kesil aniqlangan qoidalarni о‘zlashtirish. Faqat ayni fan- texnikada qabul qilingan atamalardan foydalanish. Fan-texnikaning turli sohalarida erishilgan eng yangi yutuqlarni о‘rganish. Ta’limda tizimlilik va izchillik Kasb ta’limi dasturida kо‘rsatilgan tizimda tashkil etish. Ta’lim jarayonida egallanadigan bilim, kо‘nikma va malakalarning mantiqiy ketma-ketligiga rioya qilish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishda, о‘quv materiallarini о‘rganish va о‘qituvchining ishini tashkil qilishda izchilikka amal qilish.
Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish va о‘quvchilarning amaliy tajribalaridan nazariy mashg‘ulotlarda foydalanish. Bu tamoyil о‘quvchilarning о‘quv materiali puxta о‘zlashtirishini, shuningdek, ular dunyoqarashning shakllanishiga xizmat qiladi.
Ta’lim mazmuni va ta’lim metodlarining о‘zaro mosligi, bunda о‘quvchilarning aqliy, jismoniy va yosh xususiyatlarining e’tiborga olinishi. Bu talablarning bajarilishiga о‘quv materialini qismlarga tо‘g‘ri taqsimlash (bajarishga kuch yetarli bо‘lishi, oddiydan murakkabga о‘tishini ta’minlash, о‘qitishning turli metodlaridan foydalanish)ning obyektiv meyorlarini belgilash, ta’lim samaradorligini ta’minlash maqsadida о‘quvchilar individual xususiyat hamda qiziqishlarini о‘rganish yо‘li bilan erishiladi. Ta’limning politexnik xususiyatga egaligi Bu tamoyil hozirgi zamon sanoati tо‘g‘risida umumiy ma’lumot berish, ishlab chiqarishda eng kо‘p uchraydigan texnologik jarayonlarni bilishni, mashina va mexanizmlarning tuzilishi va ishlashidagi umumiylikni bilish, xilma-xil mehnat uquv va malakalariga ega bо‘lishni, mehnatga aloqador masalalarni ijodiy hal qila olish va ratsionalizatorlik ishlarni olib borishni, umumta’lim va maxsus fanlardan olingan bilimlarni mohirlik bilan tatbiq eta bilishni kо‘zda tutadi.
Ta’lim о‘quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligi tarbiyalaydigan tarzda olib borilishi kerak. Bu sifatlar mashg‘ulotlardan kо‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni tо‘g‘ri ifodalab olinishi, о‘quv materialining ongli о‘zlashtirilishi, nazariy va ishlab chiqarish ta’limning uzviy bog‘liqlikda borishi, о‘qitishda samarali usullardan foydalanish natijasida vujudga keladi. Ta’limda kо‘rsat malilik Bu tamoyil о‘qitishni о‘quvchilarda tasavvur va tushunchalarning, shuningdek, uquv hamda malakalarni buyum va hodisalarni jonli mushohada etish asosida vujudga kelishini ta’minlaydigan qilib olib borish zaruratini bildiradi. Kо‘rgazmalilik ekskursiyalar tashkil etish, mehnat usullarini kо‘rsatib berish, plakat, jadval, buyum namunalarini, jihozlarni kо‘rsatish, multimedia, elektron darslik va eksponatlarni namoyish qilish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda ongli va puxta о‘zlashtirishni ta’minlash maqsadida о‘tilgan materialni tizimli ravishda takrorlab borishni, yangi materialni mustahkamlash choralarini kо‘rish zarurligi nazarda tutiladi. Bunga esa tushunarli qilib bayon etish, mashqlar о‘tkazish, ilgari о‘tilganlarni о‘z о‘rnida takrorlash, о‘quv materialini bosqichma- bosqich murakkablashtirib borish, о‘quvchil arning bilimlarini, uquv va malakalarini tizimli ravishda hisobga olib borish yо‘li bilan erishiladi. Download 153.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling