Qirqilish- Xavfli siljish kesimida kesilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati
Siljish moduli- siljish deformatsiyasidagi fizik konstanta
Burovchi moment- Tashqi aylantiruvchi momentlarning algebraik yigindisiga teng bo’lib, vallning kesim yuzasidagi material zarrachalarini buralishga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlarining kesim markaziga nisbatan kuch momentlarining teng ta’sir qiluvchisi
Buralish burchagi- Vallarning ko’ndalang kesim yuzasini o’q atrofida aylanish vaziyatini burchagini belgilaydi
Epyura- Ichki kuch faktorlarini brusning o’qi bo’ylab o’zgarishini ifodalovchi ma’lum qonuniyat asosida qurilgan grafikasi.
Bikrlik sharti – Brus deformatsiyasini cheklangan qiymatini belgilovchi matematek ifoda
Eguvchi moment- Balkalarning kesim yuzasidagi cho’zuvchi va siquvchi ichki bo’ylama kuchlarini neytral o’qga nisbatan kuch momentlarini teng ta’sirqiluvchi bo’lib, balkaning tanlangan kesim markaziga nisbatan bir tomondan joylangan tashqi kuchlarning shu kesim markaziga nisbatan kuch momentlarining algebraic yig’indisi
Neytral qatlam- Balkaning eg’ilishida qatnashib cho’zilmaydigan va siqilmaydigan material qatlami
Ko’chish- Nuqtaning tashqi kuch yo’nalishida bir chiziq bo’ylab ko’chishi
Differentsial bog’lanish- Balka kesimning aylanish burchagi bilan salqilik orasidagi bog’lanish
Differentsial tenglama- balka egiilgan o’qini tashqi kuch va bikrlik bilan bog’lanishning matematik ifodasi
Unevirsal tenglamalar - Balka ixtiyoriy kesimning aylanish burchagi va salqiligini aniqlash formulalari
Grafoanalitik usul- Balka tanlangan kesimning aylanish burchagi va salqiligini aniqlashni analitik va garafikaviy usullarni mujassamlangan ko’rinishi
Egri sterjen- Bo’ylama o‘qi tekis egri chiziq bo’lgan sterjen
Murakkab qarshilik- Konstruksiyani ikkita va undan ortiq oddiy deformatsiyalar ta’sirida bo’lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |