Ishsizlar / Безроботные / Unemployed - mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi
Istiqbol (perspektiv) maqsadlar / Перспективные целы / Future aims - 5 yil yoki undan ko’proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi.
Jo’g’rofiy omillar / Географические факторы / Geografic factors – aholi joylashuv tarkibi, shaharlarshuv (urbanizasiya) darajasi; biologik iqlim xususiyatlari, tabiiy iqlim sharoitining mehnat tusi va rejimiga, xalq xo’jaligining ixtisoslashuvi, me’morchilikka ta’siri, rekreasiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish darajasi; tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik va tabiatdan foydalanish xususiyati.
Joriy maqsadlar / Текущие целы / Current aims - bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi.
Kommunikatsion jarayon / Коммуникационный процесс / Communication process - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish jarayoni.
Kommunikatsiya / Коммуникация / Communication - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir.
Konsensus / Консенсус / Consensus – bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Kontraktasiya shartnomasi / Контракт продукции / Product contract - fermer xo’jaligi yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash yoki sotish uchun harid qiluvchi korxona (tashkilot yoki shaxs)larga ularni kelishilgan muddatlarda va baholarda yetkazib berish majburiyatini oladi. Tayyorlovchi tashkilotlar esa muayyan narx bo’yicha kelishilgan muddatlarda haq to’lab ushbu mahsulotlarni sotib olish majburiyatini oladi.
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi / Коммуникация предприятия / Enterprises communication - bu o’ta murakkab, ko’p bosqichli tizim bo’lib, o’z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi axborot almashuvini ham oladi.
Kutish nazariyasi / Теория ожидания / Theory of expectations - amerikalik ruhshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chiqilgan. Uning mohiyati shundaki, motivasiya nafaqat ehtiyojni qondirishga, shuningdek maqsadga erishish uchun tanlangan xohishga ham bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |