Mehnat resurslari / Трудовые ресурсы / Labor resources - qishloq xo’jaligidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolari.
Mehnatni normalash / Нормирования труда / Labor regulation - bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlarini va uning natijalarini: vaqt normalari, soni, xizmat ko’rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarish normalangan topshiriqlari normalarini aniqlashdir.
Melanxoliklar / Меланхолики / Melancholiacs - bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi, yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar.
Menejer / Менеджер / Manager - 1) ishlab chiqarish samadorligi va daromadni oshirish tamoyillari, uslub va tadbirlari majmuyidan foydalana oladigan shaxs. 2) o'z kasbini mukammal egallagan, boshqaruv qonuniyatlari, usullari va tamoyillarini yaxshi o'zlashtirgan shaxs.
Menejment / Менеджмент / Management – boshqarishni idora qilish, tashkil etish, rahbarlik qilish ma’nolarini anglatadi.
Menejment / Менеджмент / Management - bu professional faoliyatning mustaqil ko’rinishi bo’lib, bozor sharoitida firmaning ixtiyoriy xo’jalik faoliyati natijasida moddiy va mehnat resurslardan unumli foydalanib mo'ljallangan maqsadga erishishdir.
«Menejment» so’zining Oksford lug’atida ma’nosi / Значение словы менеджмента на Оксфордском словаре / Meaning of Management in Oxford dictionary - odamlar bilan muomala qilish usuli, tarzi; xokimiyat va boshqaruv san’ati; ishbilarmonlikning o’ziga xos turi; ma’muriy vazifa.
Menejment madaniyati darajasi / Уровень културы менеджмента / Cultural level of management - xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, menejment jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi.
Mezon / Критерия / Criteria – bu taqqoslash yoki baholash uchun o’lchov, andaza. Masalan, mehnat – kishi qadr-qimmatining mezonidir.
Moddiy-texnika resurslari /Материально-технические ресурсы / Material-technical resources - mahsulot etishtirishda, qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ahamiyati ulkan. Shuning uchun ularni yaratish, barpo etish, takror ishlab chiqarish zarur. Shu bilan birga ular mehnatning xarakterini o’zgartirib, unumdorligini yuksalishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |