Glossariy neftgaz (kon) lari


Download 30.08 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi30.08 Kb.
#246500
Bog'liq
Mavzu boyicha glossariy(2)


GLOSSARIY

Neftgaz (kon) lari – bir kichik maxalliy maydonda joylashgan bir yoki bir necha tutqichlardagi neftgaz uyumlarining yig’indisidir.

Gomologik qatorlar – kimyoviy xossalari va tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin bo’lib, molekulasining uglevodorodli radikallarida bitta yoki bir nechta metilen guruxi (СН2) borligi b-n bir-biridan farq qiladigan turdosh organik birikmalar.

Gomologiya – (yun. homologia — mos kelish, moslik) (biol.da) — har xil turga mansub organizmlarda bajaradigan funksiyasidan qat’i nazar filogenetik (kelib chiqishi) jihatdan uxshash bo’lgan organlarning o’zaro mos kelishi.

Uglekisliy gaz (karbonat kislota) – uglerod ikki oksidi (CO2). Mo’tadil sharoitda gaz, - 78ºC da qorga o’xshash massaga (quruq muzga) aylanadi, qizdirilganda gaz holatiga o’tadi. Havoga nisbatan zichligi 1,539. Bir litr karbonat kislotasi 0ºC da va 760 mm simob ustunida 1,976 g ga teng.

Azot (lot. Nitrogenium) N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. 1772 yil Rezerford tomonidan ochilgan, uni 1774 yil A.Lavuaze “Azot” deb atagan. Azot – bu, rangsiz, ta’msiz va hidsiz gazdir. Azot yer shari atmosferasining asosiy qismini tashkil qiladi. U havoda hajm jihatdan 75,6% dan 78,2% gacha boradi. Havodagi azotning hissasi 75,53% ni tashkil etsa, yer po’stlog’idagi miqdori (gidrosfera va atmosferani ham qo’shilganda) 0,04% gacha boradi. U suvda biroz eriydi. Juda past darajadagi haroratda yoki yuqori bosimda azot suyuqlikka aylanadi. Odatdagi atmosfera bosimi sharoitida 210ºС da azot suyuq holatga o’tadi. Azot boshqa elementlar bilan katta qiyinchiliklarga uchrab o’zaro ta’sirga kirishadi. Masalan, tabiatdagi kislorod bilan momaqaldiroq paytida g’oyat baland harorat hosil etuvchi, keskin chaqmoqlar alangasidagida o’zaro reaksiyaga kirishadi.

Geokimyo – yer po’stida turli fizik-kimyoviy va termodinamik sharoitlarda kimyoviy elementlarning tarqalishi, taqsimlanishi va ko’chishini o’rganadigan fan.

Migratsiya – kimyoviy elementlarning Yer po’sti yoki yuzasida bir joydan ikkinchi joyga (gidrotermal aralashmalar, gazlar yoki eritmalar bilan ko’chishga olib keladigan) ko’chish jarayoni. Ko’chish jarayonlari omillari fizik-kimyoviy va geologik sharoitlarga bog’liq bo’ladi.

Neftgaz yig’iluvchi zonalar – geologik jihatdan o’xshash, bir-biri bilan genetik jixatdan bog’liq va yondosh, bir guruhga mansub tutqichlardagi konlarning yig’indisidir.

Neftgaz (kon) lari – bir kichik maxalliy maydonda joylashgan bir yoki bir necha tutqichlardagi neftgaz uyumlarining yig’indisidir.

Qatlam suvlari – neftli qatlamdagi suvlar. Qatlam suvlariga chegara tashqarisidagi suvlar, chegara tashqarisidagi yuqori, ostki, oraliq, qadimgi davrlardan qolgan qoldiq (ko’milgan) suvlar kiradi.

Yerosti suvlari - Yer yuzasidan pastda, tog‘ jinslarining bo‘shliq va darzliklarida uchraydigan suvlar.
Download 30.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling