Glossariy soʻzlashuv uslubi
Download 12.86 Kb.
|
glossariy1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻzlashuv uslubining grammatik xususiyatlari
- Ilmiy uslub
- Rasmiy uslub
- Leksik uslubiyat
GLOSSARIY Soʻzlashuv uslubi – nutqning dialog shaklidir. Bu uslub yozma nutqqa qaraganda ta`sirchanligi, hissiyotga boyligi, yangi soʻz qoʻllashlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda soʻzlovchining barcha imkoniyatlari namoyon boʻladi. U nutqiga hissiyotini ham qoʻshib gapiradi. Bunda turli imo-ishora va qoʻl harakatlaridan foydalaniladi. Soʻzlashuv uslubining grammatik xususiyatlari- bu uslubda ritorik soʻroq gaplar, soʻroq mazmuni ifodalanadigan darak gaplar, his-hayajon gaplar koʻplab ishlatiladi. Fe’lning -i(b), -gan qoʻshimchali shakli -uvdi, -ovdi tarzida qoʻllandi. Badiiy uslub- Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki oʻquvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda boʻladi. Ilmiy uslub-Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Publitsistik uslub Tashviqot-targʻibot ishlarini olib borishda qoʻllanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi Publitsistik uslubhisoblanadi. Soddalik, tushunarli boʻlish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Rasmiy uslub-Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qogʻozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Leksik uslubiyat soʻz, uning koʻchma ma`nolari, sinonim, omonim, antonimlar, uslubiy boʻyoqli soʻzlarning, iboralarning nutqda qoʻllanishini oʻrganadi. Soʻz tilning muhim birligi sifatida tilshunoslikning barcha boʻlimlarida oʻrganiladi. Sinonimlarning uslubiy qoʻllanishi- Chiroyli, guzal, xushroʻy, kurkam, suluv, zebo soʻzlari shaklan boshqa-boshqa boʻlsa ham, ma`no e`tibori- bilan kishining tus-koʻrinishini ifodalaydi. Download 12.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling