Moviy
|
- rang nomi, erta tongdagi sof osmon rangi.
|
Mozaika
|
rangtasvirning bir turi bo’lib, qattiq materiallar hisoblangan koshin, rangli shisha, marmar, tosh, yog’och, metall parchalarini tekis yuzaga maxsus qorishmalar yordamida yopishtirib yaratiladigan tasvirlash texnikasi. Bunday asarlar ko’pincha devorga, shiftga, uy poliga ishlanadi.
|
Mosh rang
|
rang nomi, mosh rangiga yaqin bo’lgan rang.
|
Mo’yqalam
|
qilqalam, rassomlar ishlatadigan tasvir quroli. ularning jundan yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi.
|
Mum xaykal -
|
asalari mumidan rangli qilib tasvirlanadigan xaykal. Ko’pincha mashhur shaxslar xaykali shu yo’sinda ishlanadi. Mum xaykallarda xaqiqiy liboslar va turli ish qurollari ham qo’llaniladi.
|
Musavvir -
|
arabcha rassom degan ma’noni bildiradi.
|
Mo’’jaz rangtasvir
|
–tasvirlanuvchilarni kichik o’lchovda ishlangan suvrati. Ular ko’proq kitob bezagida ishlatiladi. SHuningdek ular mustaqil san’at asari sifatida, turli quticha va guldonlar ustiga ishlanishi ham mumkin.
|
Natura–
|
tasvirlash uchun mo’ljallangan odam, xayvon, manzara, predmet va boshqalar hisoblanadi.
|
Natyurmort janri-
|
tasviriy san’atning janrlaridan biri bo’lib frantsuzcha jonsiz tabiat degan ma’noni anglatadi. Mazkur janrda gullar, meva va sabzavotlar, uy-ro’zg’or buyumlari, san’at va sport atributlari aks etdiriladi
|
|