Dastgohli rangtasvir
|
rangtasvirning dastgox (molьbert)ga o’rnatib ishlanadigan turi. Rangtasvirning bu turida tasvirlanayotgan odam, xayvon v.b. larning o’lchovlari o’zini xaqiqiy o’lchovidan katta bo’lmasligi lozim.
|
Devoriy rangtasvir
|
(freska, alfresko)
|
Dekoratsiya
|
teatr sahnasini spektakl mazmuni bilan bog’liq holda tasvirlanadigan bezak ko’rinish. Ular rangtasvir va butafor shaklida bo’ladi.
|
Yodgorlik xaykal
|
mashhur va tarixiy shaxslarga bag’ishlab ishlangan xaykal. U mahobatli, relьfli yoki dastgoxli
|
Yorug’soya
|
Tasviriy san’at nazariyasiga doir atama. Uni yorug’soya qonuni deb ham ataladi. U tasvirlanayotgan narsalarning yoki tirik mavjudotni qalamtasviri va rangtasvirini hajmli qilib ishlanishiga qo’llaniladi.
|
Yorug’ (shul’a)
|
tasviriy san’atning nazariy asoslariga oid atama bo’lib, uning yorug’soya qonuniga tegishlidir. Ma’lumki, har qanday narsa va mavjudotlar xajimlidirlar. Rasmda uni xajmli ekanligini yorug’lantirmasdan, turib ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda narsaning yorug’lik man’baiga qaragan qismi yorug’, teskari tomoni soya bo’ladi. Ularning o’rtasidagi qismi yarim soya deyiladi. Yorug’ atamasi shundan kelib chiqqan.
|
Janr
|
ayot lavhalarini, ko’rinishlarini uning mazmuniga ko’ra tasvirlovchi badiiy asar turidir. Masalan, manzara, natyurmort, turmush, portret, nyu v.b. tasviriy san’at janrlari hisoblanadi.
|
Jigarrang
|
rang nomi, hayvonlarning jigari rangiga o’xshash rang. Ba’zilar uni “qo’ng’ir” deb ham atashadi.
|
Zarg’aldoq
|
rang nomi apaelьsin, mandarin yoki qovoqning ichki rangiga o’xshash rang.
|
|