Glossary daromaddan olinadigan soliq


Download 7.05 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.05 Kb.
#1832987
Bog'liq
Glossary Saidov Nurmuhammad


GLOSSARY

Daromaddan olinadigan soliq – foyda solig‘idan tashqari aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o‘yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.

Daromad solig‘i bo‘yicha jarimalar – ushbu soliq to‘lanmaganda, noto‘liq to‘langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari - Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ko‘pgina mamlakatlardagi singari O‘zbekistonda ham progressiv soliq hisoblanadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I - davlat budjeti daromad manbalaridan biri bo‘lib, u umum davlat soliqlari tarkibiga kiradi.

Soliq agenti — yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar.

Soliq manbayi — bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi.

Soliq bazasi — soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori.

Soliq stavkasi — obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir.

Soliq imtiyozlari — soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin.

Soliq manbai - Bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbai, ya’ni daromadi.
Download 7.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling