G’ofurova mavluda botirjon qizi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
jek london hikoyalarini ingliz tilidan ozbek tiliga tarjima qilish muammolari
68 III.2. Hikoyalardagi o‘xshatishlar tarjimasi masalasi Uxshatish eng qadimgi va badiiy asarlarda ko‘p qo‘llanadigan muxim tasviriy vositalardan biri bo‘lib, u odatda, ikki narsa yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslangan bo‘ladi. Uxshatish nutqiy hodisa bo‘lib, uning maqsadi o‘xshatilayotgan vokea-hodisa yoki narsalarning birining belgisi va mohiyatini ikkinchisining belgi va mohiyati orqali to‘laroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatib berishdir. O‘xshatish dunyoning barcha tillariga hos uslubdir. O‘xshatishlar orqali qiyoslanadigan tushunchalar istiora (metafora) va metonimiyalarga qaraganda kitobxon uchun oson qabul qilinadi va soddaroq tasavvur qoldiradi. Atrof muxitdagi narsa va hodisalarda mavjud bo‘lgan umumiy belgi, xususiyatlarni ilg‘ay oladigan va ulardagi eng nozik farqlarni ham his qila oladigan yozuvchi o‘xshatishlardan unumli foydalana oladi. Binobarin, o‘xshatishlar yozuvchining obrazli fikrlash darajasini ham ko‘rsatadi. 1 Ushbu stilistik usulning moxiyati uning nomidan kelib chiqadi. Hodisa yoki voqelikning xar-xil bo‘lagiga tegishli ikki tushuncha bir-biri bilan biron bir xususiyatiga ko‘ra taqqoslanadi. Bunday o‘xshatishlar o‘zbek tilida a) sifat: o‘xshash, teng, b) ko‘makchilar:
affikslar: -day, -dek, -simon, -ona, omuz, -cha, -asicha, -larcha ingliz tilida: a) fe’l: look, like, look seet b) ravish: Like; v) bog‘lovchilar: as, as...as such as, as if (asthouht) kabi o‘xshatish ma’nosini ifodalovchi maxsus til vositalari orqali yuzaga keladi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘xshatishning tarjimada berilish yo‘llarini ham J.Londonning hikoyalari misolida ko‘rib chiqamiz. Uxshatish ustida so‘z borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, o‘xshatish, istiora va shu kabi stilistik usullar qatori ikki katta guruxga bo‘linadi. Tildagi o‘xshatishlarga ko‘pincha insondagi biron xususiyat yoki harakat, ma’lum bir hayvondagi xuddi shunday belgilar qiyoslanishini misol qilish mumkin. Shuni 69 qayd etish kerakki, bunday o‘xshatishlar millatlararo xususiyatga ega bo‘lib, bir qancha tillarda mavjud. 31
Bulardan ko‘plari frazeologik birlikka aylanib ketgan. J.Londonning "Hayotga muhabbat" va "Meksikalik" hikoyalarida yuqoridagi ta’rifni ifodalovchi o‘xshatishlar ko‘p qo‘llanilgan.
O‘zbek tilida: Uning yuzi avvalgidek xech narsani ifodalamasa-da, ko‘zlarida yaralangan bugu singari chukur satu aks etdi (Hm.4-bet). Ne please his pack on the ground and stalked them as a cat stalks a sparrow (Lol.p.21). O‘zbek tilida: Keyin u yukini yerga kuyib, xuddi chumchuq poylagan mushukdek, kakliklarning orqasidan pisib-o‘rmalab bora boshladi (Xm.11-bet). Ne trow off his pack and went into the rush grass on hands and kness creeching and munching, like some bovine creature (Lol.p.22). O‘zbek tilida: U yukini yerga tashladi-da, xuddi kavsh qaytarayottan molga o‘xshab kavshana-kavshana qamishlar orasidan o‘rmalab ketdi (Xm.12-bet). It stood crouched, with tail between its legs, like a miserable and woebegone dog (Lol .p.31). O‘zbek tilida: Bo‘ri dumini qisib, xuddi tinkasi qurigan it kabi, boshini quyi solib turardi (Hm.24-bet). Ne mirth was hoarse and ghastly, like a raven's croak, and the sick wolf groined him, howling lugubriously (Lol.p.32). O‘zbek tilida: U xuddi qarg‘aning qag‘illashiga o‘xshagan bo‘g‘iq ovozda dahshatli qilib kulardi. Kasal bo‘ri ham unga jo‘r bo‘lib xirillagan tovush bilan uvilladi (Xm.25-bet). It squirmed along the ground like some monstrous (Lol.p.35). O‘zbek tilida: U hech narsani eshitmas, hech narsani tushunmas, qum ustida ulkan qurt singari burilar edi (Hm.25-bet).
31 Мукаррамов M. Узбек тилида ўхшатиш. Т., 1976, 16-бет. 70 They don't love; they threaten; they are savage as a wild tiger's (Mp.89). O‘zbek tilida: Bu ko‘zlarda sevgi bo‘lishi mumkin emas. Bu ko‘zlar qo‘rqinchli, yo‘lbars ko‘zlari kabi dahshatli (M.37-bet).
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling