Golden scripts 2020/1 issn 2181-9238 80
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlarida-leksikografiya-rivoji-va-unda-lugoti-salosning-orni
Asosiy qism
Biz tadqiq etmoqchi bo‘lgan lug‘at Salohiddin Toshkandiyga tegishli bo‘lib, bu asar hozirgacha o‘zbek leksikografiyasiga ma’lum emas edi. Asar tahliliga kirishishdan oldin muallif borasida biroz to‘xtalish maqsadga muvofiq. Chunki Salohiddin Toshkandiy biografiyasi va ijodiga oid ma’lumotlar kam saqlanib qolgan, odatda, 83 XIX asr oxiri XX asr boshlarida leksikografiya rivoji va unda “Lug‘oti salos”ning o‘rni uning ijodi haqida so‘z ketganda faqat “Temurnoma” asari tilga olinadi. Taxallusi Toshkandiy bo‘lgan hassos shoir, mohir tilshunos Salohiddinxo‘ja XIX asar ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida Toshkentda yashab ijod qilgan. “Hayotiga oid ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. “Temurnoma” (1908) badiiy asarigina yetib kelgan. Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma”ni yaratishda ko‘pgina tarixiy, badiiy va ilmiy asarlardan foydalangan. Asar an’anaviy hamddan boshlangan. So‘ng Movarounnahrda hukm surgan sulolalar tilga olingan. Asosiy qism 47 dostondan iborat. Amir Temurning bolaligidan tortib butun hayoti, Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar zulmidan ozod qilishi, Dashti qipchoq, rus yerlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, Turkiya, Shom va Iroq, Hindistonga qo‘shin tortishlar, Boyazid Yildirim bilan bo‘lgan janglar, ular bilan bog‘liq sarguzashtlar qiziqarli hikoya qilingan... Kamol Xo‘jandiy, Said Ahmad, Ismat Buxoriy kabi shoirlar hamda oʻz she’rlaridan 1 030 misra she’r berilgan. Asar jahongir shoh hayoti misolida kishilarni mehr-oqibatli bo‘lishga, o‘tmishda yuz bergan qirgʻinlardan saqlanishga, tinchlikning qadriga yetishga da’vat etadi” [Toshkent ensiklopediyasi 2009, 472]. Salohiddinxo‘janing hozirgacha faqat “Temurnoma” asari ma’lum edi. Endi esa uning ijodiga leksikografiyaga oid “Lug‘oti salos” asarini ham qo‘shib qo‘yish mumkin. XX asar boshlarida yaratilgan Salohiddinxo‘janing ثلاث تاغل (“Lug‘oti salos”) lug‘ati lug‘atshunoslik tarixida alohida ahamiyatga ega. Xususan, lug‘atda muallif biografiyasiga oid ayrim qimmatli ma’lumotlar ham uchraydi. Xususan, “Lug‘oti salos” mundarijasidan so‘ng muallif o‘zi haqida ushbu ruboiyni keltiradi: Shahri Toshkand qariyb Ko‘kaldosh, Turg‘uchidir bu Alovuddin. Munga Sohib erur Ziyovuddin, Nazmin so‘zingiz Salohiddin [4 ,9091 نیدلا ءلاع نب هجوخ نیدلا حلاص]. Bundan ko‘rinib turibdiki, adib Toshkentning Ko‘kaldoshida tug‘ilgan. Alovuddin uning otasi, Ziyovuddin esa do‘sti. Abu Rayhon Beruniy nomidagi “Sharq qo‘lyozmalar markazi”da ushbu lug‘atning bir qancha nusxalari mavjud. Asar toshbosma bo‘lib, u markazda 702, 4006, 9532, 9531, 19334, 15729, 18248, 20719 inventar raqamlar bilan saqlanadi (biz o‘z tadqiqot Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling