Golografiya haqida tushuncha Golografiya tarixidan
Rentgen nurlari — elektromagnit to’lqinlar
Download 50 Kb.
|
Golografiya haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgen nurlarining qo’Ilanilishi.
Rentgen nurlari — elektromagnit to’lqinlar.
Rentgen nurlari elektromagnit to’lqinlarmi, degan savol u kashf qilmgan paytlar-dayoq paydo bo’lgan. Lekin bu savolga javob berish uchun rentgen nurlarining to’lqin xususiyatiga ega ekanligini isbotlash qilinadi. Shu maqsadda rentgen nurlarining tor tirqishdan bo’ladi-gan difraksiyasini qayd qilish yo’lidagi barcha urinishlar muvaffa-qiyatsizlikka uchragan. Ammo 1912-yilda nemis fizigi M.Laue difraksion panjara sifatida kristallardan foydalanishni taklif qildi va kristallarda rentgen nurlarining difraksiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Chunki oralaridagi masofasi bir necha nanometr tartibida bo’lgan va tugunlari yetarli darajada batartib joylashgan kristall juda yaxshi difraksion panjara vazifasini o’tashi mumkin. V.Fridrix va P.Knippinglar tomonidan o’tkazilgan tajribalarda M.Laue nazariyasi to’la tasdiqlanib, rentgen nurlarining difraksiyasi kuzatil-di. Shunday qilib, rentgen nurlarining elektromagnit to’lqin ekanligi isbotlandi. Rentgen nurlari elektromagnit to’lqinlar shkalasida ultrabinafsha va y- nurlar oralig’ida joylashgan bo’lib, to’iqin uzunligi 100 nm dan 10-5 nm gacha bo’lgan elektromagnit to’lqin-lardan iboratdir. Rentgen nurlarining qo’Ilanilishi. Rentgen nurlarining juda yaxshi singib (yutilmay) o’tish qobiliyati, fotoplastjnkaga ta'siri, moddalardan o’tishda ionlashtirish qobiliyatiga egaligi uning fan va texnikada, amaliyotda keng qo’llanilishiga imkon berdi. Rentgen nurlari eng ko’p qo’llaniladigan soha — rentgen defektoskopiyasi. Bu usulning maqsadi rentgen nurlari yordamida buyumlardagi ichki kamchiliklarni va ularning o’rnini, kattaligini, tabiatini aniq-lashdan iborat. Usulning mohiyati rentgen nurlarining turli zichlik-dan o’tganda turlicha yutilishiga asoslangan. Manzarani foto-plastinkaga tushirib olish qulay usullardan hisoblanadi. Bu usul, ayniqsa, tibbiyotda (rentgenodiagnostika) juda keng qo’llaniladi. Shuningdek, rentgen nurlari, aniqrog’i, bu nurlar vujudga keltiradigan difraksion manzara yordamida moddalarning tuzilishini, atomlarning joylashuvini aniqlash mumkin. Bu usul rentgen struktura analizi deyiladi. Bundan tashqari, rentgen nurlari davolashda, mikroskoplarda, spektroskopiyada, spektral analizda, astronomiyada va boshqa bir qancha sohalarda juda keng qo’llaniladi test-book.ucoz.com Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling