Golografiya to'grisida tushuncha. Interfrensiyaga asoslangan optik asboblar va ularning kimyoda qo'llanilishi. Rentgen nurlari va ularning amaliy ahamiyati. Reja: Kirish


Download 40.6 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi40.6 Kb.
#1830773
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Golografiya to\'grisida tushuncha. Interfrensiyaga asoslangan optik asboblar va ularning kimyoda qo\'llanilishi. Rentgen nurlari va ularning amaliy ahamiyati.


Golografiya to'grisida tushuncha. Interfrensiyaga asoslangan optik asboblar va ularning kimyoda qo'llanilishi. Rentgen nurlari va ularning amaliy ahamiyati.
Reja:
Kirish

  1. Golografiya. Golografiya to’g’risida tushuncha

  2. Interferensiya. Interferensiyaga asoslangan optik asboblar va ularning kimyoda qo’llanilishi

  3. Rentgen nurlari va ularning amaliy tadbiq

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Kogerent nurlar dastalarining difraksiya va interferensiya hodisalariga asoslanib yorug‘lik to‘lqinlarining strukturasini yozib olish va uni (asl) o‘z holiga qayta tiklash usuliga golografiya deyiladi.

Golografiya degan ibora grekcha «holo» «to‘liq» va «graph» «yozaman» so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, u buyumlarni tashqi ko‘rinishini «yozib olish»ning maxsus usulini anglatadi. Bu usul 1947 yilda ingliz fizigi D.Gabor tomonidan kashf qilingan. (1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan). Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan (qaytish yoxud sinish tufayli) nurlanishning to‘lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so‘ng buyumning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat (10.5-rasm).

Golografiyaning fotografiyadan farqi, fotografiyada yoritilgan obektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoxud fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob’ektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo‘lavermaydi. Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo‘lsa, buyumning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo‘lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo‘lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bir tekislikda ko‘rinadi. Lekin fotografiyaga qarab biz jismlarning fazodagi joylashuvi to‘g‘risida tasoavvur hosil qilamiz. Buning sababi - inson miyasi hajmiy buyumlarni ularning yassi tasvirlariga qarab bilib olishga o‘rganib qolganligidir.



Download 40.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling