Gomogen sistemalarda kimyoviy


Download 178.96 Kb.
bet2/7
Sana13.05.2023
Hajmi178.96 Kb.
#1455621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma\'ruza

Konsentratsiya, molekulalar reaksiyaga kirishishi uchun bir-biri bilan to‘qnashishi kerak. Reaksiya tezligiga ta‘sir qiluvchi asosiy faktor bu reagentlarning konsentratsiyasidir, chunki reaksiya faqat molekulalar to’qnashganida amalga oshadi. Qanchalik ko’p molekulalar bo’lsa, ularning to’qnashish ehtimoli shunchalik ortadi va reaksiya amalga oshadi. Shu sababdan, reaksiya tezligi reagentlar konsentratsiyasiga proporsionaldir

  • Fizik holat, molekulalar to’qnashishi uchun aralashishi kerak. SHuningdek, reagentlar qanchalik oson aralashishini aniqlaydigan to’qnashuvlar chastotasi fizik holatga bog’liq bo’ladi. Reagentlar bir xil fazada bo’lishsa, masalan suvli eritmada, xar qanday termik siljish molekulalarning to’qnashuviga olib keladi. Agar reagentlar turli fazalarda bo’lishsa, reaksiya faqat fazalar yuzasida sodir bo’ladi, shuninng uchun ular yuzasini maydalash bilan ko’paytirish kerak. Shu sababdan, qattiq yoki suyuq fazalar qancha ko’p yuzalarga bo’lingan bo’lsa ularning tezligi shuncha tez bo’ladi. Masalan, qalin po’lat bo’lagi kislorod oqimida yonmaydi, ammo xuddi shu sharoitlarda yupqa po’lat bo’lagi osonlik bilan alangalanadi.

  • Temperatura: molekulalar yetarli energiya bilan to‘qnashishlari kerak. Odatda temperatura reaksiya tezligiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Ikkita oshxona jixozi bu ta‘sirni ko’rsatib beradi: muzlatgich ovqatdagi kimyoviy jarayonlarni sekinlashtirib beradi va gaz pechi kimyoviy jarayonlarni tezlatib beradi. Chastota va to’qnashuvlar energiyasini ko’paytirgan holda temperatura reaksiya tezligiga ta‘sir ko’rsatadi.

    • To’qnashuvlar chastotasi. Gaz na‘munasidagi molekulalar turli tezliklarga ega bo’ladi, turli temperatura futsnksiyalariga ega bo’lib. Shu sababdan, yuqori temperaturalarda to’qnashuvlar chastotasi ortadi va ko’p molekular reaksiyaga kirishadi.

    • To’qnashuvlar energiyasi. Temperatura asosan reaksiyadagi molekulalarning energiyasiga va to’qnashuvlar energiyasiga ta‘sir qiladi. Ko’p to’qnashuvlarda molekulalar bir-biri bilan urilishi uchun etarli darajada energiyaga ega bo’lishadi. Ammo, ba‘zi to’qnashuvlarda molekulalar energiyasi etarli bo’lmaydi., Azot monooksid (NO) va ozon (O3) orasidagi to’qnashuvlar natijasini 16.2 rasm ko’rsatadi. Yuqori temperaturalarda etarli energiyali molekulalar to’qnashadi va ko’proq molekulalar reaksiyaga kirishadi:


    Reaksiya amalga oshishi uchun yetarli to’qnashuv energiyasi kerak bo’ladi.

    Kimyoviy kinetika reaksiya tezligini, vaqt mobaynida konsentratsiyaning o’zgarishini o’rganadi.
    Berilgan sharoitlarda har bir reaksiya o’zining tezligiga ega.
    Reagent molekulalari orasidagi to’qnashuv chastotasini orqali konsentratsiya reaksiya tezligiga ta‘sir ko’rsatadi.
    Reagentlar qanday aralasha olishini aniqlash orqali fizik holat tezlikka ta‘sir ko’rsatadi.
    Reagent molekulalari orasidagi to’qnashuv chastotasini va energiyasiga ta‘sir qilish orqali temperatura tezlikka ta‘sir qiladi.

    Vаnt-Gоff o‘zining tаjribаlаri аsоsidа harorat hаr 100C gа оshgаndа rеаksiyaning tеzligi 2-4 mаrtа оrtishi аniqlаndi. Fаrаz qilаylik, birоr rеаksiyaning tеzligi hаr 100C dа 2 mаrtа yoki 100% оrtsin. Аgаr 100C dа rеаksiya tеzligigа 1 gа tеng bo‘lsа, 100 C dа 2 gа, 200 C dа 4 gа, 300 C dа 8gа, 400 C dа 16 gа, 500 C dа 32 gа, 600 C dа 64 gа, 700 C dа 128 gа, 800 C dа 256 gа, 900C dа 512 gа, 1000C dа 1024 gа tеng bo‘lаdi. Dеmаk, harorat аrifmеtik prоgrеssiya bilаn оrtаndi. Harorat 1000 C оrtgаndа rеаksiya tеzligi 124 mаrtа оrtаdi. Аgаr rеаksiyaning 00 dаgi tеzligini V0 bo‘lsа,t dаgi tеzligini Vt bilаn bеlgilаsаk rеаksiya, tеzligini harorat bilаn o‘zgаrishini quyidаgi fоrmulа bilаn аniqlаdi.


    Bu yеrdа γ– rеаksiyaning harorat kоeffitsiеnti dеb yuritilаdi vа harorat 100C ko‘tаrilgаndа rеаksiya tеzligining nеchа mаrtа оshishini ko‘rsаtuvchi sоn.



    Download 178.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling