Google guruhi- modulli forumlarda guruxli ishlashni ta’minlaydi. Zamonaviy ta’limda birinchi o’rinda internet tarmog’ida ishlash, xamkorlikda ishlash, loyixa va tadqiqotlarni olib borish kunikmasini, ta’limda internet –ta’limni shakllantirish turadi. Google guruhi – barcha urganuvchilarni ta’lim jarayonidan xabardor qilishni, loyixalar ustida birgalikda ishlashni, konsultastiyalarni tashkillashtirish va muloqot qilishni ta’minlaydi. Bunda yuqori kurs talabalarining kurs va loyixa ishlarini mustaqil ravishda tashkillashtirish mumkin. Google hujjatlari – bepul veb-servislar to’plami bo’lib, u fayllarni bulutli saklash imkonini yaratadi. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan hujjatlar maxsus Google serverida saqlanadi. Google hujjat o’zida onlayn matnli xujjatlarni, test yaratuvchi uskunalarni, elektron tablistalarni, kurgazmali materiallarni, PDF fayllar va prezentastiyalarni va ularni birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Google xujjatlar talabalar va o’qituvchilarga birgalikda loyixalar ustida birgalikda ishlashini ta’minlaydi, o’qituvchilarga esa ishlar ustida nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. - Google servis sayt xizmati – bu saytlar konstruktori bulib, videolarni, tasvirlarni va hujjatlarni publikastiya qilish imkonini beradi. Servisni maqsadi – foydalanuvchilar ma’lumot almashadigan yagona internet muxitni yaratishdan iborat. Sayt xizmatining vazifasi ta’lim masalalarini katta masshtabda muxokama qilish imkoniyatini yaratadi. Bu yopiq metodik komissiyadan iborat yopiq sayt bo’lishi mumkin. Hujjatlarni saqlash va hujjat almashtirish Google disk va bulutli offis yordamida amalga oshiriladi. Bulutli hujjatlar va papkalarga murojaat qilishda xujjatlar va loyixalarni birgalikdagi guruxli ishlashini ta’minlaydi.
- GOOGLE Disk. Google Disk fayllarni saqlash uchun kulay va xavfsiz joydir. Mijozning videolari, fotosuratlari va hujjatlari xech kachon yo’qolmaydi. Bu xujjatlarni olish uchun telefon, kompyuter yoki planshetingizdan olishingiz mumkin. Bundan tashqari, boshqa foydalanuvchilarning fayl va papkalarini ko’rish, taxrir qilish yoki sharxlashga ruxsat berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |