Gorizantal – frezalash dastgohlarini ariqcha kesish uchun rostlash va sozlash. Ishdan maqsad


Download 259.51 Kb.
bet2/3
Sana23.10.2023
Hajmi259.51 Kb.
#1717071
1   2   3
Bog'liq
8.Gorizantal – frezalash dastgohlarini ariqcha kesish uchun rostlash va sozlash.

6.1 - rasm. Frezaning turlari:
a – silindrsimon; b – diskli; d – toretsli; e – barmoqli (konsevie); f – burchakli; g – shakldor


Frezalash jarayonining kamchiliklari:
1) zarb bilan ishlashi;
2) tebranish va titrash hosil qiluvchi notekis frezalash ehtimolligining yuqoriligi;
3) barmoqli, diskli va paz ochuvchi frezalarni ishlashida qirindini chiqarib tashlashning og‘irligi;
4) yig‘ma frezalarni tayyorlash narxining yuqoriligi.
Kavsharlangan plastinalarni mexanik mahkamlash elementlarini joylashtirishni iloji bo‘lmagan mayda o‘lchamli frezalarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Qiyin ishlov beriluvchi yuzalarga qattiq qotishmadan yaxlit tayyorlangan monolit frezalar qo‘llaniladi. 8.2,a- rasmda qattiq qotishmali yaxlit tayyorlangan barmoqli freza, to‘g‘ri va vintsimon tishli frezalarning (8.2,b- rasm) konstruktsiyalari ko‘rsatilgan. Bunda barmoqli frezalarni silindrsimon quyruqli yoki koronka shaklda quyruq qism bilan kavsharlanadigan ko‘rinishda tayyorlanadi.



8.2- rasm. Qattiq qotishmali kichik o’lchamli frezalar:
a – kesuvchi qismi qattiq qotishmali monolit freza; b – qattiq qotishmali diskli freza
O‘rta va yirik o‘lchamli frezalarning konstruktsiyalarida asbobning korpusiga qattiq qotishmali plastinalarni kavsharlash usuli kesuvchi plastina shakldor bo‘lganida qo‘llaniladi. Masalan, 8.3 - rasmda vintsimon plastinalar kavsharlangan silindrsimon freza ko‘rsatilgan.

8.3- rasm. Kavsharlangan qattiq qotishmali plastinalar bilan jihozlangan silindrsimon freza

Gorizontal frezalash nusxalash ko‘chirish dastgohlarining shpindeli vertikal va stol yuzasi gorizontal joylashgan hamda shpindeli gorizontal, zagotovkani mahkamlash uchun vertikal yuzali qilib tayyorlanadi. Nusxalash ko‘chirish frezalash dastgohlari bir shpindelli va bir nusxalash ko‘chirish qurilmasidan ishlaydigan ko’p shpindelli qilib tayyorlanadi. Misol tariqasida shpindeli vertikal joylashgan va gorizontal yuzali stolli nusxalash ko‘chirish - frezalash dastgohini ko‘rib chiqamiz (8.4 - rasm). Ishlov berish jarayoni nusxalovchi element (6) bo‘yicha olib boriladi, Bunda nusxalash qurilmasi (5) ning harakati zagotovkaga nisbatan kesuvchi asbob bilan birgalikda shpindelni harakatini hosil qiladi. Nusxalovchi element sifatida shablon, etalon detal, model yoki chizma bo‘lishi mumkin, nusxalash qurilmasi sifatida esa shup, nusxalovchi palets yoki rolik bo‘lishi mumkin. Nusxalovchi element nusxalash qurilmasi orqali ishchi organlarga ta‘sir etadi (stol (10), shpindel kallagi (3) ning salazkasi (9)), bunda freza va zagotovkalarning nisbiy harakatlanishida nusxalovchi element bergan yuzani hosil qiladi. Stanina (8) da ko‘ndalang salazkalar (9) o‘rnatilgan bo‘lib, salazkalarning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab moslama (7) o‘rnatilgan stol (10) harakatlanadi. SHpindel kallagi (3) nusxalash qurilmasi (5) bilan birgalikda ustunga o‘rnatilgan. Nusxalash harakatini stolning bo‘ylama harakati va salazkalarning ko‘ndalang harakatlari bajaradi. 8.4- rasmda shpindeli gorizontal joylashgan nusxalash ko‘chirish – frezerlik dastgohi ko‘rsatilgan




Download 259.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling