Gorizantal – frezalash dastgohlarini ariqcha kesish uchun rostlash va sozlash.
Ishdan maqsad: Frezalash dastgohlari to`g`risida umumiy ma`lumotlarga ega bo`lish, parmalash dastgohining tuzilishini, ishlash printsipini va unda bajariladigan ishlarni o`rganish.
Frezalar – ko‘p tishli kesuvchi asbob bo‘lib, tekis yuzalar, paz, shakldor yuzalar va aylanma detallarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Frezalash jarayonida zagotovka bilan frezaning tishlari birikishda bo‘lib qirindini o‘zgaruvchan qalinligini kesadi. Bunda kesuvchi qismlarning faol uzunligini yuqoriligi sababli frezalash jarayonining yuqori unumdorligi ta‘minlanadi. Frezalash jarayoni yuqori tezlikda kechib, kesuvchi tishlar kesish zonasidan davriy ravishda chiqib sovishi va kesuvchi qirralardagi issiqlik kuchlanishini chiqishini ta‘minlaydi.
Frezalash kinematikasi sodda: freza bosh yuritmadan aylanma harakatni oladi, dastgoh stoliga moslama yordamida mahkamlangan zagotovka esa dastgohning alohida yuritmasidan surish harakatini oladi. Bunda surish harakati to‘g‘ri chiziqli, aylanma yoki vintsimon bo‘lishi, frezani kesuvchi qirralarining harakati esa o‘q bo‘ylama to‘g‘ri chiziqli, vintsimon yoki shakldor bo‘lishi mumkin.
Frezalar quyidagi belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:
1) asbobning aylanish o‘qiga nisbatan kesuvchi qirralarning shakli va joylashuvi bo‘yicha – silindrsimon, diskli, toretsli, barmoqli, burchakli va shakldor (8.1 - rasm) frezalar;
2) freza o‘qiga nisbatan tishlarni yo‘naltirish usuli bo‘yicha – to‘g‘ri tishli, vintsimon va og‘ma tishli frezalar;
3) dastgohga mahkamlash usuli bo‘yicha – opravka uchun teshikka ega bo‘lgan o‘rnatiluvchi, silindrsimon yoki konussimon quyruqli barmoqli frezalar;
4) frezalarning konstruksiyasi bo‘yicha – yaxlit va o‘rnatiluvchi tishli yig‘ma frezalar.
O’tkir tig’li frezalarning konstruksiyalari
Silindrsimon va diskli frezalar.Ushbu frezalar konstruktsiyasining hususiyatlari shundaki, asbobning aylanish o‘qi bilan silindrdagi tishlar o‘qining mos tushishi va ishlov beriluvchi yuzaga parallel bo‘lishidir. Silindrsimon frezalarda yordamchi kesuvchi qirralar mavjud bo‘lmay, ular erkin kesish sharoitida ishlaydi. Diskli frezalarning tishlari esa aksincha, bir yoki ikki torets qismida yordamchi kesuvchi qirrali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |