Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish
Download 259 Kb.
|
Go`shtdan taomlar tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shnitsel.
Bitochki. Go‘sht kotlet massasidan 57 gramm miqdorda uzilib, qalinligi 2—2,5 santimetr, diametri -6 santimetrli doyra shakli berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi.
Kotlet va bitochki uchun qiyma tayyorlash jarayonida porsiyasiga 5—8 gramm piyoz yoki 0,5—0,8 gramm sarimsoqpiyoz qo‘shish mumkin. Bunda tayyorlangan yarim tayyor mahsulot shu zahoti issiq ishlovga jo‘natilishv lozim, aks holda go‘sht rangi o‘zgarishi va mahsulot sifati yomonlashishi mumkin. Shnitsel. Go‘sht kotlet massasida porsiyaga taqsimlanadi, urvoqqa belanadi, qalinligini 1 santimetrga keltirilib oval shakl beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi. Zrazi. Go‘sht kotlet massasi kamroq non qo‘shib tayyorlanadi. Porsiyaga taqsimlanadi, qalinligi 1 cm da «obi non» shakli beriladi, o‘rtasiga qiyma solinib, chetlari birlashtiriladi, qirra yedirilgan g‘isht shakli berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 1—2 donadan ishlatiladi. Qiymaga chopilgan tuxum, jazlan-gan piyoz, ko‘kat, tuz, murch aralashtiriladi. Qiyma sifatida yana mayda kesilgan quymoq ishlatilishi ham. mumkin. Tefteli. Go‘sht kotlet massasi non miqdori kamroq qo‘shib tayyorlangandan so‘ng mayda chopilib, jazlangan piyoz bilan aralashtirilib, porsiyalanadi. So‘ng kattaroq yong‘oqcha shaklida yumaloqlanib unga belanadi. Rulet. Go‘sht kotlet massasiga non. kamroq qo‘shib tayyorlanadi. Ho‘llangan sochiq yoki doka ustiga qalinligi 1,5—2 santimetr qilib to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yoyiladi, kotlet massasi o‘rtasiga bir oz cho‘ziq holda.qiyma qo‘yiladi va chetlari sochiq yoki doka yordamida birlashtirilib, baton shaklini beriladi. Yog‘lanib urvoq sepilgan temir tovaga chokini pastga qilib sochiq yoki dokadan bo‘shatiladi ustiga lezon surtilib ustidan urvoq sepiladi va ust tomonidan bir necha yeridan teshiladi. Teshishga sabab issiq ishlovda yorilib ketishdan saqlash. Qiyma sifatida pishirib yog‘langan makaron yoki pishirib chopilgan tuxum, yoki jazlangan piyoz ishlatiladi. Yana jazlangan piyoz va pishirib chopilgan tuxum aralashmasini ham ishlatish mumkin. Xulosa. O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng ta`lim soxasiga ham katta e`tibor qaratildi. Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo`lmaslik, bir so`z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, ertangi iqbolimiz barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinshi navbatda bizning o`rnimizga kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga va barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishga chambarchas bog`liqdir. Maktablarda o`quvchilarning go`sht va go`shtli mahsulotlarni ozuqaviy qiymati, ahamiyatiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirish, hamda pedagogik va psixologik tamoyillari olindi. Shunga ko’ra kurs ishida yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirgan holda qoyidagicha xulosa qilish mumkin: - Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Mol go’shtini nimtalash va suyaklaridan ajratish haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Go’sht yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlash yo’llari ko’rsatib berildi; - Go’sht qiymasini va undan yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlashni aniqlandi; - Go’sht kotlet massasini va undan tayyor maxsulotlarni tayyorlash haqida ma’lumotlar to’plandi; Shuni xulosa qilish mumkinki bizda go’sht mahsulotlaridan taom tayyorlash ko’nikmasini o’rganish kelajakda bizga ham pedogog sifatida ham hayotimiz jarayonida kerak bo’ladigan jarayondir.Shunday ekan biz ushbu mavzuni chuqquroq o’rganib kelajakda amaliyotga tadbiq etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Download 259 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling