Shnitsel. Shnitsel cho‘chqa va buzoq go‘shtidan tayyorlanadi (bir porsiyaga bir bo‘lakdan), lezon va suxariga bosib qovuriladi, ustiga yog‘ va urib yumshatilgan kotletga qo‘shib beriladigan qaylalar qo‘yib beriladi. Shnitselga kavar va limon sedrasi bilan tayyorlangan yog‘ qo‘yib, ustiga bir bulok limon qo‘yib berish mumkin
Shnitsel urib yumshatilgan go‘shtdan kalinligi 0,6 - 1 sm keladigan qilib tuxumsimon shaklda yasaladi.
Romshteks. Bulangan romshteksni faqat umurtqa qismidan emas, balki molning bashqa qismlaridan; ya’ni birinchi sort mol go‘shtidan (umurtqa qismi, sonning tashqi va ichki tomonidan) tayyorlash mumkin. Urib yumshatilgan, lezonga botirilgan, suxariga bulangan masalliq qovurilib, qovurilgan kartoshka bilan birga qo‘shib beriladi. Qovurilgan kartoshkaga dimlangan karam, pishirilgan gulkaram, dimlab qaynatilgan sabzavot, yashil- no‘xat qo‘shib berish xam mumkin.
Qovurilgan miya. Miya tuz solingan nordon suvda pishirilgan, quritiladi, «shashka» shaklida to‘g‘raladi, tuzlanadi, unga bulab tuxumga bosiladi va suxariga bulab yog‘da qovurilgdi. Miya ustiga yog‘ qo‘yib, bir bulok limon va petrushka ko‘ki bilan birga yoki limon sharvatini yog‘ va petrushka ko‘ki bilan qaynatib; ustiga sepib beriladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, kartoshka pyure, yashil no‘xat ishlatiladi. Miyani ham yog‘da qovurish mumkin. Buning uchun miya faqat unga bulanadi.
Qovurilgan buyrak. Cho‘chqa, buzoq va qo‘yning yangi buyragi «shashka» shaklida to‘g‘rab qovurilgdi. Buyrakni taqsimlash oldidangina qovurish kerak, chunki uni saqlaganda sifati yomonlashadi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka beriladi.
Buyrakni turli usulda iste’molga berish mumkin: 1) ustiga limon sharvati sepiladi, 2) tilik qilib to‘g‘rab qovurilgan pomidor qo’shiladi; 3) ustiga qaynatilgan qizil vinoli sardakka qo‘ziqorin bo‘laklari qo‘shib tayyorlangan sardak qo‘yiladi; 4) qizil sardak, piyozli sardak, smetanali sardak, tomat pyure solingan smetanali sardak qo‘yib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |