Go'shtli koreyscha salat
Download 200.29 Kb.
|
go\'shtli salatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mujskoy kapriz salati tayyorlash retsepti
- Dollar salati
- Dilorom salat
Go'shtli koreyscha salat Juda ham mazali salat! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang! Kerakli masalliqlar: 2 dona bodring 1 dona qizil bulg'oq qalampiri 400 gramm mol go'shti 1 choy qoshiq qizil achchiq qalampir 3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i 1 choy qoshiq koriandr kukuni 3-4 osh qoshiq soya sousi 2 osh qoshiq 5 % sirka 1 dona piyoz 1/2 choy qoshiq shakar 2 dona sarimsoq donachasi 1 choy qoshiq tuz Tayyorlash usuli: 1. Bodringni boshki qismlarini kesib oling, 2 yoki 3 qismga bo'ling. So'ng, yana 3-4 qismga kesing. 2. Oshxona tog'orachasiga solib, tuz seping va 15-20 daqiqaga chetga olib qo'ying. 3. Mol go'shtini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang. 4. Tozalangan piyozni yarim halqa shaklida to'rg'ang. 5. Bodringlarni ozgina siqib, ajralgan sharbatini to'kib tashlang. Qizil qalampir, koriandr, maydalangan sarimsoq va shakarni soling. 6. Tovada qizdirilgan yog'da go'shtni solib, baland olovda qovuring. Go'shtdan suv ajralishni boshlashi bilan piyozni soling, 1 daqiqa davomida qovuring. So'ng, soya sousini quying va yana 1-2 daqiqa davomida qovuring. 7. Belgilangan vaqt o'tib, tayyorlangan issiq go'shtni bodring ustidan quying. 8. Bulg'or qalampirini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang va bodring ustiga soling. Sirkani aylantirib quying va 5 daqiqadan so'ng aralashtiring. Salatni butunlay sovuting. 9. Tayyor va mazali salatni dasturxonga torting. Yoqimli ishtaxa! Mujskoy kapriz salati tayyorlash retsepti“Mujskoy kapriz” – ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush ko’rishadi. Ushbu salatning afzalligi – u juda to’yimli hisoblanadi, hatto asosiy taomning o’rnini bosishga ham qodir. MUJSKOY KAPRIZ SALATI TAYYORLASH RETSEPTI Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa | Portsiyalar soni: 3 Kerakli masalliqlar: Dudlangan kurka go’shti – 100 g; Dudlangan kolbasa – 100 g; Qaynatilgan mol go’shti yoki qaynatma kolbasa – 100 g; Qazi – 100 g; Qaynatilgan tuxum – 1 ta; Qattiq navli pishloq – 100 g; Mayonez – 200 g; Bezatish uchun salat bargi, tuz, murch. Tayyorlash bosqichlari: Go’shtli masalliqlar va pishloq somoncha shaklida qilib to’g’rab olinadi, pishloqdan biroz qismini olib qo’yish kerak, u bezatish uchun kerak bo’ladi. Tuxum qirg’ichdan chiqariladi yoki go’shtdan ingichkaroq qilib to’g’raladi. Salat uchun idish yoniga avval salat bargi qo’yiladi, so’ng masalliqlar qavatma-qavat qilib teriladi, har bir qavat ustidan mayonez surtiladi va ta’bga ko’ra tuz va murch sepiladi. Eng ustki qavatidan mayonez surtilgach, qirg’ichning kichik tishidan chiqarilgan pishloq sepiladi. Aslida ushbu salatni tayyorlashning retsepti juda ko’p, ba’zi birida faqat qaynatilgan mol va kurka go’shti bo’lsa, boshqalarida piyoz, qo’ziqorin, kartoshka, bodring, yong’oq qo’shilishini uchratish ham mumkin. Yuqoridagi retsept esa restoran va kafelarda ko’p qo’llaniladi. Unda u yoki bu go’sht turini qaynatilgan tovuq go’shti, mol tiliga almashtirish mumkin. Tajriba qilib, o’zingiz uchun eng mos bo’lgan retseptni yaratishingiz ham mumkin. Retseptda salat qavatma-qavat qilib tayyorlangan, xohishga ko’ra uni aralashtirgan holda tortiq qilish mumkin. Dollar salatiKerakli masalliqlar: 1. Qaynatilgan mol go'shti - 300 gr. 2. Tuhum - 4 dona. 3. Bodring - 2 dona. 4. Konservalangan makkajo'hori - 2 osh qoshiq. 5. Mayonez - 50 gr. 6. Barra (ko'k) piyoz - 0.5 bog'. Tayyorlanishi: Go'sht parrak qilib to'g'raladi. Tuhum, bodring 2ga bo'lib parrak to'g'raladi. Ko'k piyoz yirik to'g'raladi. Xamma masalliqlar ustiga tuz sepilib, keyin aralashtiriladi. Yoqimli ishtaxa!
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling