G‘oyalar iqtisodiyoti reja
Download 203.82 Kb.
|
G‘oyalar iqtisodiyoti reja
innovatsiyalar kapitali — ularga muhofaza qilgan tijorat huquqlari, intellektual mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmani yangilanishga qodirligini ta’min1aydigan qadriyatlar kiradi;
jarayonlar kapitali — ularga, masalan, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, maxsulot sotishdan so‘ng servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapitalni kiritish mumkin. Shu bilan birgalikda mijozlar kapitali (brend-kapital) ham farqlanadi. Mijozlar kapitaliga ega bo‘lgan korxona faoliyatini mah- " Mepxo A.H. Coijnantio—oraerciaeHHuñ 6ii3iiec—a3aiiuocas3 rocyqapcraeiiiioñ ii xopnopariiauoñ nonirriixx a r.no6nPtsiipyioiueucs utipe. J'vIOHO áQiiz. — M.. 2009. - C.180. “ Kocrior B.H. Teopiis aaoniouiiii ii coiiiiooxoiiouii'iecxiie npoqeccsi — M. YPCC, 2004.- C.126. sulot yoki xizmatdan foydalanuvchini “iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillasbtirishga jalb etish” korxonasi deb atash mum- kin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan barcha mahsulotlar va xizmatlaming oliy hakami vazifasini bajaradi 45. Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya insonning o‘zi serqirra ekanligi biJan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan inson kapitali tobora mavqeyi ortib, yetakchi ro‘l o‘ynamoqda. Bevosita inson kapitali iste’mol qilinayot- gan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi qiymat yaratadi. Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir’ . Shuning uchun inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir. Inson kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot hamjamiyati va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va boshqaruv mehnatini, yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan iqtisodiyotni, jamiyat va oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. Bu inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va oqilona amal etishini ta’ minlaydi 4’. Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta’1im olish hamda kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlami rivojlantirish asosida kapitalni to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi. Shu bilan birga kapitalni to‘plashnJng boshqa shakllari ham mavjuddir. O‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, iqtisodiyot, mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida a' Dpaiiiiccon Jl., Mazoyii M. Hirre;uiexvyauui4ñ zande. Onpeqeneuiie iicWiiuoñ cioiiuocTH xovnariiir —M.: Axaflesiiis, J999. - C. 442 “ Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. —T.: Mehnat, 2009. - B.182. ” Korchsgin Yu. A. Jnvestitsionnaya sfrategiya. — Rostov-ria-Donu: Feniks, 2006. S. 17. axborot olish hamda insonning intellektual va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan foydalanish mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa shakllar shular jumlasidandir. Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinadi. Alohida shaxsning inson kapitali uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi va ko'nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini yanada oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi. Korxonaning inson Hpifafida hozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga, shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, mualliflik guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital, tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin. Milliy inson kapitali ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jahonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi. O‘rni kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada qator bahsli masalalar mavjudligini ham ko‘rsatish lozim. Nazariyaga ko‘ra har bir shaxs inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar kelgusida ish haqi ortishi hisobiga qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko‘nikma va kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan juda ko‘pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi. Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan bog‘liqdir. Ayrim tadqiqotchilar ta’1im sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar odamlar ish haqi miqdori o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan. Agar motivatsiya kabi omillar hisobga olinmaydigan bo‘lsa inson kapitalga investitsiyalar kiritili- 141 shining kelgusida o‘zini qoplashiga ortiqcha baho berib yuborilishi mumkin. Odatda faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kiritila- digan investitsiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitaliga investitsiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlarning hammasini investit- siyalarga kiritib ham bo‘1maydi. Masalan, tarix, tasviriy san’at va adabiyot bilan shug‘u11anadigan studeotlarning ko‘pchi1igi buni o‘z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Bu kabi masalalar inson kapitaliga kiritilgan mab1ag‘larning qiymati va ularning qoplanishini hisoblab chiqishni murakkablashtiradi. Shu bilan bir qatorda har qanday investitsiyalar bozori kabi inson kapitali bozori ham kamchiliklardan holi emas: ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilarni ish kuchini rivojlantirishga mablag‘ sarflashga intilishlarini kamaytiradi; ayniqsa yoshlar o'rtasida ta’limning qimmati to‘g‘risidagi axborot yetishmasligi inson kapitaliga yetarli bo‘lmagan darajada yoki noto‘g‘ri investitsiya kiritilishiga olib keladi; aholining kattagina qismida o‘ziga investitsiya kiritish uchun mablag‘ yetishmaydi. Inson kapitaliga investitsiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari sababli bozor mexanizmlari o‘z-o‘zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi, degan fıkrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga investitsiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nihoyatda muhimdir. Bunday yondashuvning alohida muhimligini Jahon bankining tadqiqotlari isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 mamlakatda amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan: iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko‘prog‘i inson kapitali bilan bog‘1iqdir; mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 20,0% gacha bo‘lgan qismini ta’minlaydi; o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ni ta’min1aydi. Ushbu dalillar hozirgi davr jamiyatida inson kapitalining roli va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi. ı42 Download 203.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling