Gʻo’za ekinida soʻruvchi zararkunandalariga qarshi biologik hamda kimyoviy kurashni ahamiyati


Download 30.54 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi30.54 Kb.
#267695
  1   2   3
Bog'liq
4-Amaliy mashg'ulot


Gʻo’za ekinida soʻruvchi zararkunandalariga qarshi biologik hamda kimyoviy kurashni ahamiyati.

Ko'p yillardan beri o'simliklami zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlardan himoya qilishning turli usullarini yagona tizimga birlashtirgan kompleks tadbirlami qo'llash sifatida amalga oshirilib kelinmoqda. V.N. Shegolev (1933, 1949) ta'biricha bu tizimning xarakterli xususiyati - tadbirlami alohida chegaralangan holda emas, balki ma'lum birin-ketinlik tartibida, agrotexnik va xo'jalik tadbiriy choralariga qat'iy amal qilgan holda, o'z muddatlarida amalga oshirishdir. Ammo o'sha davrlarda biologik himoyaning tutgan o'rni sezilarli bo'lmaganligi va samarali kimyoviy vositalar vujudga kelishi ulami asossiz ravishda keng qo'llashga olib keldi. Qisqa muddat ichida kimyoviy preparatlar yordamida o'simliklar himoyasi muammosini hal qilish mumkin, degan tasavvurlar paydo bo'ldi. Tez orada keng spektrli sintetik insektitsidlami nafaqat qirib yo'qotish, balki profilaktik, hatto zararkunanda bo'lmagan ekin yoki tuproqda ham qo'llash yuzasidan tavsiyanomalar paydo bo'ldi. Kimyoviy preparatlami bunday asossiz keng qo'llash tez orada salbiy oqibatlarga olib keldi. Ayrim olimlar pestitsidlar atrof-muhitni ifloslovchi manbalarning juda kam qismini tashkil qiladi, deb fikr yuritadilar. Ammo shuni unutmaslik kerakki, odam organizmiga pestitsidlar asosan ovqat orqali tushadi. Shuning uchun ko'p mamlakatlarda, jumladan, O'zbekistonda ham inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli preparatlami qo'lIash taqiqlangan bo'lib, ishlab chiqarishga tavsiya etish yuzasidan qattiq tibbiyot nazorati o'rnatilgan, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarida preparat qoldiqlari xavfsiz miqdorlarda bo'lishi, pestitsidlarni ishlatish norma va muddatlari qat'iy rejalashtirilgan. Pestitsidlami qo'lIash taktikasi ham ancha o'zgardi. Kimyoviy preparatlar bilan o'simliklarni muntazam ishlash o'rniga, preparatlarni ekinlardagi zararkunandalar soni va ulaming iqtisodiy zarar yetkazish darajalarini tahlil qilish asosida qo'llash masalalariga e'tibor qaratildi.

Bu albatta qarshi kurash usullarini (agrotexnik. xo'jalik-tashkiliy, biologik, kimyoviy va b.) birgalikda qo'llash yoki o'simliklar himoyasi uyg' unlashtirilgan tizimini joriy qilishga irnkon berdi.


Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling