Gʻo’za ekinida soʻruvchi zararkunandalariga qarshi biologik hamda kimyoviy kurashni ahamiyati


G'o'za-beda almasblab ekisbda entomofaglar faoliyatidan foydalanish


Download 30.54 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi30.54 Kb.
#267695
1   2   3
Bog'liq
4-Amaliy mashg'ulot

G'o'za-beda almasblab ekisbda entomofaglar faoliyatidan foydalanish. O'zbekiston Respublilcasi Fanlar Akademiyasi zoologiya institutida keyingi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijaJariga ko'ra, tabiiy entomofaglardan kompleks ravishda foydalanishning yana bir usuli ishlab chiqildi. Ma'lumki beda g'o'zaning eng yaxshi o'tmishdoshi va asosiy almashlab ekiladigan ekin hisoblanadi. Beda tuproq unumdorligini oshiradi va g’o’za hosildorligini ancha ko’paytiradi. Bundan tashqari beda o'zida foydali hasharotlami to'playdi va saqlaydi hamda g'o'za agrobiotsenozini shunday hasharotlar bilan boyitishni ta'minlaydigan manbaa bo'lib xizmat qiladi. Erta bahor - aprelda, ba'zan mart oyida, qishlovdan chiqqan entomofaglar bedada yig'iladi. Bedada xonqizi qo'ng'izlarining 5-6, oltinko'zning 2-3, yirtqich qandalalaming 5-6, yirtqich tripslarning 1-2 turi, gallitsalar, o'simlik bitining parazitlari bo'lmish afidiidlar, tunlam parazitlari - apanteleslar, mikroplitislar. rogaslar va shu kabi entomofaglar oziqlanadi va ko'payadi. G'o'za maysalari odatda aprel oyining o'rtalarida unib chiqadi. Shu paytda kuzgi tunlam yoppasiga tuxum qo'yadi va kapaJak qurtlari paydo bo'ladi. G'o'za maydonlaridagi kapalak qurtlari dastlab begona o'tlarda oziqlanadi. Ulami bedadan uchib o'tadigan apanteles, mikroplitis, rogas va shu kabi parazitlar zararlaydi. Mayning boshlarida g'o'za ko'pincha o'simlik bidari bilan zararlanadi. Zaralanishdan biroz vaqt o'tgach, odatda may oyida, bedadan xonqizi qo'ng'izlari, asosan yettinuqtali hamda adoniyalar, g'o'za dalalariga o'ta boshlaydi. Su jarayon muntazam ravishda davom etadi. Jumladan, may oyida g'o'zaga afidiidlar o'tib, o'simlik bitlarini zararlaydi. Iyunda, ko'pincha ikkinchi o'n kunlikda shonalash davri boshlanishida, g'o'zaga bedadan xonqizi qo'ng'izlari, yirtqich qandalalar hamda yirtqich tripslar ommaviy o'tadi. Su yirtqich hasharotlar bahor davri davomida asosan g'o'zadagi o'simlik biti va tamaki tripslari bilan oziqlanadi. Dalada ulaming yoppasiga ko'payishi davom etadi. G'o'za dalasidagi o'simlik biti va tripslami sezilarli darajada kamaytirgach, ular o'rgimchakkana to'dalariga hujum qilib, ulaming ko'payishining ham oldini oladi. Iyun oyining o'rtalarida g'o'zaga ko'sak qurti va boshqa tunlamlar kapalaklari tuxum qo'ya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan 1-2-yoshdagi qurtlami apanteles paraziti, oradan 2 hafta o'tgach esa, o'rta va katta yoshdagi qurtlarini brakon yaydoqchisi zararlay boshlaydi. Birinchi yilgi bedapoyalarda entomofaglar to'plana boshlaydi. Ayniqsa 2-3 yiIIik beda poyalarda foydali hasharotlar sezilarli darajada yig'iladi. Shu bilan birga entomofaglar xashaki bedaga nisbatan urug'lik bedapoyalarda ko'proq to'planadi. Natijada g'o'za maydonlarida bahordan kuzga qadar entomofaglar soni osha boradi. Shu bilan birga entomofaglar soni g'o'za-beda almashlab ekishga ham bog'liqdir. Bedapoyalarga 300 metr masofadan yaqin bo'lgan g'o'za dalalarida ham entomofaglar soni ancha yuqori bo'ladi. Masalan, bu yerlarda xonqizi qo'ng'izlari 7-10 kun oldin paydo bo'ladi hamda ulaming soni bedapoyadan ancha uzoq joylashgan dalalardagiga qaraganda 1,5 marta ko'proq bo'ladi. Bedapoyalarda ma'lum masofada o'ziga xos sanitariya zonasi paydo bo'ladi, chunki bu yerlarda, g'o'za dalalariga qaraganda, entomofaglar barvaqt paydo bo'ladi. Odatda, bu yerlarda entomofaglaming zararkunandalani kamaytirishdagi samaradorligi ham yuqori bo'ladi. Mabodo tabiiy entomofaglaming zararkunandalarga nisbati quyidagicha bo’lsa:

- o'simlik biti uchun 1 :20;

- o'rgimchakana uchun 1:13;

- kuzgi tun lam uchun 1 :2;



- ko'sak qurti uchun 20: 12, bunda g'o'za dalalarida kimyoviy vositalami qo'lIash ehtiyoji qolmaydi. Bedazordan ma'lum masofada joylashgan erlarda tabiiy entomofaglar g'o'za zararkunandalari ko'payib ketmasligini ta'minlab turadi. Biroq tabiiy entomofaglaming ta'siri ma'lum bir turga mansub bo'lgan zararkunanda uchun turlichadir. O'rgimchakkana va g'o'za tunlami ko'payib ketmasligini tartibga solib turish uchun bunday masofa bedazordan 100-200 m, o'simlik bitlari va kuzgi tun lam uchun 300 m masofada bo'lishi tavsiya etiladi. Bu zonada tabiiy entomofaglar g'o'za zararkunandalari ko'payib ketmasligini tartibga solib, ulaming zararini kamaytiradi.
Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling