G‘o‘za mamlakatimizning asosiy texnika ekinlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida paxta yetishtirishda eng ko‘p zarar keltiradigan omillardan biri bu g‘o‘za zarkunandalari hisoblanadi


Download 274.85 Kb.
bet5/10
Sana20.06.2023
Hajmi274.85 Kb.
#1636600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asom

Gamma tunlami (Phytometra gamma L.) barcha paxtakor tumanlarda keng tarqalgan zararko‘nanda, u O‘rta Osiyo va Qozog‘istondan tashqari, Sibir va O‘zoq Sharkda uchraydi. Gamma tunlami ochiq mm sharoitlarida hamda issiqxonalardagi ekinlarning barglarini va mevalarini shikastlab xayot kechiradi. U g‘o‘za, lavlagi, karam, kartoshka, sabzi, soya, yeryong‘oq ko‘ngabokar va boshqa ekinlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
G‘umbaklik fazasida qishlaydi. Erta bahorda, ko‘pincha aprel oyi o‘rtalarida birinchi bo‘g‘in kapalaklari ucha boshlaydi. Gamma tunlami kapalagining qanotlari yozilganda 4,5-5,0 sm keladi, oldingi qanotlari kulrang yoki to‘q ko‘kish tusli, qanotlarining o‘rtasida grekcha harf gamma (γ) tusli kumushsimon ok dog‘i bor, zararkunanda to‘rining nomi ana shunga qarab quyilgan.
Orqa qanotlari kulrang sariq orqa cheti buylab o‘tgan qoramtir keng hoshiyasi bor. Qo‘shimcha oziqlanganidan keyin kapalaklar har xil begona o‘tlarning barglariga, xususan ola- buta, qo‘ypechak murakkabguldosh va butguldosh o‘simliklarga bittadan yoki to‘p-to‘p qilib ikki-beshtadan tuxum qo‘yadi. O‘rta hisobda bitta kapalak 500 ta tuxum qo‘yadi. Kapalaklarning uchib chiqishi, tuxum qo‘yishi va qurtlarning jonlanishi o‘zoq vaktga cho‘ziladi.
Tuxumining rivojlanishi uch-olti ko‘n davom etadi. Yetuk qurtlarining buyi 3,0-3,5 sm, rangi yashil bo‘lib, tanasida hamisha yakkol ko‘zga tashlanib to‘radigan sakkizta oqish gasmasimon yullari bor. Qurtlarida soxta oyoq; soni yetishmasligi uchun u odimlab harakatlanadi. Bu tunlam boshqa tunlam turlaridan shu belgilari bilan ajralib turadi. Katta yoshdagi qurt tanasi orqa qsmining oxiri yug‘onlashgan bo‘ladi. Yosh qurtlari barglarni ilma-teshik kilib yuboradi. Katta yoshdagilari esa barglarni yirik teshib yeydi.
Gamma tunlami shikastlash shakli jihatidan xuddi karadrinaga uxshaydi. Olti yoshni kechirgan qurtlari o‘simlikda g‘umbakka aylanadi. G‘umbagi tuq qo‘ng‘ir tusli bo‘lib, tanasining orqa uchida oltita ilmoqchalari bor. G‘umbaklanish qurtning o‘zi uragan birmuncha yog‘ug‘lik utuvchi oq pilla ichida ro‘y beradi. G‘umbaklar odatda 7-11 kunda rivojlanadi. Ulardan yangi bug‘in kapalaklari chiqadi va g‘o‘zaga shikast yetkazishi mumkin. Gamma tunlami Urta Osiyo sharoitida yiliga uch bo‘rin beradi.
Kurash choralari. 1. Erta bahorda zararkunandaning rivoj­lanishi uchun oziqa bo‘ladigan begona o‘tlar yo‘qotiladi.
2.Gamma tunlami qurtlarini yo‘qotishda g‘o‘za tunlami va ka­radrinaga krshi qo‘llash ucho‘n tavsiya etilgan barcha insektisidlar yaxshi natija beradi. Kimyoviy ishlov berish zarurligini ko‘rsatadigan miqdor birligi ishlab chiqilmagan. May-iyun oylarida 20-30% o‘simlik zararlanganligi aniqlansa ishlov berishga kirishish kerak.
3.Ochiq hayot kechirishi tufayli qurtlarning ko‘pchiligi kushlarga yem bo‘ladi.


Download 274.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling