G'O'za navlari va agrotexnikasi


G‘o‘za seleksiyasi istiqbollari


Download 77 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi77 Kb.
#1126190
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKMA G\'O\'ZA ULARNING GEOGRAFIK TARQALISHI NAVLARI VA AGROTEXNIKASI

G‘o‘za seleksiyasi istiqbollari


Mamlakatimiz seleksionerlari o‘tgan yillarda ikki yuzdan ortiq g‘o‘za navini yaratdi. “Buxoro-6”, “Buxoro-102”, “Omad”, “Sulton” va boshqa oltmishga yaqin tola sifati yuqori navlar rayonlashtirildi. Ushbu navlarning afzalliklari an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkalarida xorijlik mutaxassislar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy- tadqiqot institutida “O‘zbekiston paxtachiligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda shular xususida so‘z bordi.

Tadbirda mamlakatimizda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashga bo‘lgan yondashuv tubdan o‘zgargani, g‘o‘za urug‘chiligi, agrotexnikasi hamda tolashunosligini qamrab olgan yaxlit tizim yaratilgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qarorga ko‘ra Paxtachilik, g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Respublika birlamchi va urug‘shunoslik stansiyasi negizida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institut mintaqalarning tuproq iqlim sharoitini hisobga olgan holda seleksiya va navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, yangi seleksiya navlarini sinash, turli tuproq iqlim sharoitiga moslarini tanlash, ilg‘or agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va fermer xo‘jaliklariga joriy etish bilan shug‘ullanmoqda. Joriy yilda institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va izlanishlarni zamon talablari asosida amalga oshirish uchun qariyb olti milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Yurtimizda g‘o‘za genofondi boyitilib, g‘o‘za kolleksiyasi 21 mingtaga yetkazildi. Serhosil, tezpishar, tola chiqishi va sifati yuqori, turli kasallik va zararkunandalarga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos agrotexnologiyalar ishlab chiqilmoqda.

Bu jarayonda tuproq unumdorligini oshiruvchi texnologiyalarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga boshoqli, dukkakli don hamda ozuqa ekinlarini takroriy va oraliq ekin sifatida ekib, parvarishlash texnologiyalari ishlab chiqildi. Ilmiy tajribalar natijasida soyadan keyin ekilgan g‘o‘za hosildorligi 2,6 sentnerga, moshdan keyin ekilgani 1,4 sentnerga oshishi aniqlandi.

Tadbirda g‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilinib, tuproq unumdorligini oshirish, g‘o‘za va takroriy ekinlardan mo‘l hosil yetishtirish, bunda samarali texnologiyalardan foydalanish, tuproqni himoyalovchi, xomashyo, yonilg‘i va suv resurslarini tejovchi texnologiyalar yaratish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi, o‘zaro fikr almashildi.



Xulosa
Suvga bo‘lgan talabga qarab, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanish fazalari 3 davrga bo‘linadi: chigitlar unib chiqishidan g‘o‘za gullashigacha (aprel-iyun); gullash — hosil to‘plash davri (iyun-avgust) va hosilning pishish davri (avgust-sentabr).

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling