G'O'za navlari va agrotexnikasi
G‘O‘ZA PARVARISHIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING AHAMIYATI KATTA
Download 77 Kb.
|
EKMA G\'O\'ZA ULARNING GEOGRAFIK TARQALISHI NAVLARI VA AGROTEXNIKASI
G‘O‘ZA PARVARISHIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING AHAMIYATI KATTASuvga bo‘lgan talabga qarab, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanish fazalari 3 davrga bo‘linadi: chigitlar unib chiqishidan g‘o‘za gullashigacha (aprel-iyun); gullash — hosil to‘plash davri (iyun-avgust) va hosilning pishish davri (avgust-sentabr). Mamlakatimizning barcha mintaqa, viloyatlarida avgust oyida g‘o‘zalarning gullash — hosil to‘plash fazasi davrida sug‘orish suvlaridan qoldirish mutlaqo mumkin emas, aks holda g‘o‘zalar o‘sm.ay, rivojlanmay qoladi. Bu hosil tugunchalarining (shona, gul, ko‘sak) katta qism.i to‘kilib ketishiga, pastki barglarning sarg‘ayishiga olib keladi. G‘o‘zani pishish fazasida ham albatta sug‘orish zarur, sug‘orish natijasida ko‘sakdagi paxta vazni ortadi. O‘q ariqlarni balandroq joylardan olish, ularning oralig‘i — 60 sm., sxemada 60-80 metr, 90 sm. sxemada ekilgan maydonlarda 100-120 metrdan oshmasligi lozim. Egatlar barcha uzunligi bo‘yicha bir tekis namiqishi uchun sug‘orish egatlari mumkin qadar chuqurroq olinishi kerak. Sug‘orishda g‘o‘zaga kerakli suv yetkazib berish uchun tuproq sharoitidan kelib chiqish lozim. Aks holda, g‘o‘zaga talab qilinadigan suv ta’minoti yetarli bo‘lmaydi. Sug‘orish egatlari boshi chimlar, qog‘ozlar, naychalar orqali to‘g‘irlanib, rostlanib, tuproq to‘liq namiqishi uchun sug‘orish suvlari barcha egatlardan qo‘yilishi kerak. Tuproqlarning asta-sekin nam tortishi uchun butun egat bo‘ylab har bir egatga suvni jildiratib o‘zgaruvchan oqimda avval ko‘proq, keyin ikki baravar kamaytirib, oxirida sug‘orish suvlarini jildiratib doimiy oqizilishini har bir egatda ta’minlash, bu deganimiz sug‘orishlar deyarli oqovasiz amalga oshirilishi kerak. Aholi, fermer xo‘jaliklari va barcha turdagi suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida sug‘orish suvini to‘g‘ri taqsimlash talab etiladi. Ekinlarni sug‘orishga ajratilgan suv miqdorining sug‘oriladigan maydonlarga muvofiq kelishini hisobga olish juda muhim. Bunda 1 gektardagi g‘o‘zani sug‘orishga 800–900 m3 suv me’yori belgilanib, dalaga sekundiga 50 litr suv berib turilganda, bir kecha-kunduzda kamida 5 gektar maydon sug‘orilishi kerak. Sug‘orish ishlarini samarali o‘tkazish uchun har bir dalaga malakali suvchilarni biriktirish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, qulay shart-sharoitlar yaratish kerak. Mamlakatimizning janubiy mintaqa viloyatlarida avgust oyidan g‘o‘zada pishish fazasi boshlanadi. G‘o‘zaning pishish davrida defoliatsiya o‘tkazilishi muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish sharoitida ushbu tadbir ilmiy muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan, amaliyotda tasdiqlangan tavsiyalar bo‘yicha to‘la-to‘kis olib borilmasligi sababli, ba’zi joylarda g‘o‘za defoliatsiyasining samaradorligi pasayishi kuzatilmoqda. G‘o‘za defoliatsiyasi o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilganda o‘simlikdagi fiziologik jarayonlar, xususan, fermentlar faolligining tezlashuvi natijasida g‘o‘za barglari 90-95 foizgacha to‘kilib, ko‘saklar pishib yetilishi 15-20 foizga, birinchi terim salmog‘i 20-25 foizgacha oshadi. Natijada yetishtirilgan paxta hosilining 80-90 foizini yuqori sanoat navlariga topshirish imkoniyati yaratilib, gektaridan olinadigan iqtisodiy daromad miqdori ham ortadi. Bundan tashqari, turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan tezpishar, ertapishar, o‘rtapishar, ma’lum foiz kechpishar g‘o‘za navlarining yaratilishi, shuningdek, paxta dalalarida barcha agrotadbirlar tizimining, jumladan g‘o‘za defoliatsiyasini aksariyat maydonlarda o‘tkazilishi natijasida har yili rejalashtirilgan paxta xomashyosi oktabr oyidayoq yig‘ib-terib olinmoqda. Institutimiz olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarimizda defoliantlarning ta’sir etish samaradorligi g‘o‘za navlarining biologik holatiga, iqlim, haroratga, tuproq va havo namligiga, tuproq unumdorligiga, g‘o‘zaning oziqlanish darajasiga, qo‘llanilayotgan kimyoviy dorilarni ishlatish muddatlari va me’yorlariga bog‘liqligi aniqlandi. Tezpishar navlar o‘rta va kechpishar (ingichka tolali) navlarga nisbatan ko‘proq ta’sirchan bo‘ladi. Defoliatsiya paytida tuproqning maqbul namligi ham g‘o‘za barglarining to‘kilishini tezlashtiradi. Kuzatuvlarimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki, defoliatsiya paytida tuproq namligi cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 70-75 foiz bo‘lganda g‘o‘za barglari eng ko‘p to‘kildi. G‘o‘zaning holati (baland, past bo‘yli, serbargligi), havo haroratiga (17oS) qarab, o‘rta tolali g‘o‘za navlarida magniy xlorati preparati suvda eritilgan holda purkaladi (OVX yoki samolyotda). O‘rta tolali g‘o‘za defoliatsiyasida har gektariga 8-12 kg/ga preparat sarflanadi. G‘o‘zalar holatiga qarab, preparatni 2 kg kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin, har gektariga 200-300 litrgacha ishchi suyuqligi sarflanadi. Ingichka tolali g‘o‘za navlariga esa 14-15 kg/ga xlorat magniy tavsiya etiladi. Agar biron-bir sabab tufayli birinchi marotaba o‘tkazilgan defoliatsiyadan so‘ng 6-7 kun o‘tgach, 75 foizdan kam barg to‘kilib, terim mashinalari uchun zarur ish sharoiti yaratilmagan bo‘lsa, takroriy defoliatsiya o‘tkaziladi. Takroriy dorilash zarurati tug‘ilganda, defoliantlarni sarflash me’yorlari xo‘jalikning mutaxassis, agronomlari tomonidan g‘o‘zalar holatiga qarab belgilanadi. O‘rta-ingichka tolali g‘o‘za navlarining hosilini paxta terim mashinalarida terib olish uchun g‘o‘za barglari sun’iy to‘ktirilib, bargsizlantiriladi: ko‘saklarning ochilishi 60-70 foiz — o‘rta tolali, 70-80 foiz — ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun defoliatsiya o‘tkazilishining qulay muddati hisoblanadi. Viloyat va tumanlardagi minglab gektar maydonlarda defoliatsiya o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil etish, traktor mexanizmlaridan to‘g‘ri foydalanishda g‘o‘zaning ekish muddatlariga, ya’ni g‘o‘za rivojlanishi tezroq maydonlarda barvaqtroq defoliatsiya o‘tkazilib, keyinchalik defoliantlarni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash mumkin bo‘ladi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling