G'O'za navlari va agrotexnikasi
Download 77 Kb.
|
EKMA G\'O\'ZA ULARNING GEOGRAFIK TARQALISHI NAVLARI VA AGROTEXNIKASI
Paxta navlariInstitutning ishlab chiqarishga joriy qilingan muhim amaliy ishlanmalari. Institutda urug'larni ekishga tayyorlash, sug'orish muddatlari, ozuqa moddalarni berish, defoliatsiya, g'o'zaning yangi vilt kasalligiga chidamli navlarini joylashtirish bo'yiicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar Respublikamizninig barcha g'o'za ekiladigan viloyatlarida 1972 yildan boshlab qo'llanila boshladi. Yangi hosildor va viltga chidamlik “Toshkent” g'o'za nav tizimlari ishlab chiqildi va ular O'zbekiston paxtachiligida 5-nchi nav almashtirishni ta'minladi. Bu navlar har yili 1 mln. ga dan ortiqroq maydonga ekildi va 1970-1978 yillarda ekilgan umumiy maydon 9,35 mln.ga ni tashkil qildi. Institut tomonidan taqdim qilingan viltga chidamli yovvoyi shakllar bilan sanoat g'o'za navlarini duragaylashtirish, hamda radioktiv fosforni, gamma nurlarni, kimyoviy mutagenlarni ta'sir ettirish, qayta changlantirish va geografik uzoq shakllarni pog'onali duragaylashtirish usullari bilan 15 ta istiqbolli g'o'za navlari yaratilgan. Katta maydonlarda AN-Uzbekiston-3, AN-402, AN-Ekspress-2, Toshkent-6, AN-Samarqand-2, Yulduz, Mexr va boshqa navlar rayonlashtirilgan va ekilgan. (Miraxmedov S.M., Nazirov N.N, Jalilov O.J., Gurevich L.I., Adlxodjaev E, Fakirov N., va boshqalar). G'o'zaning AN-Bayaut-2 navi (mu'allif S.S.Sodiqov va boshqalar) rayonlashtirilgan va 1983 yildan buyon Sirdaryo, Jizzax, Toshkent, Navoiy viloyatlarida ekilmoqda. G'o'zaning Yulduz navi 1990-2000 yillarda katta maydonlarga ekilgan. G'o'zaning Mexnat navi (mu'allif Jalilov O.J.) 2008 yilda rayonlashtirilgan va Xorazm, Jizzax, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpag'iston avtonom Respublikasida ekilmoqda. G'o'zaning Toshkent-6 navi (mu'allif S.M. Miraxmedov, V.P. Senoedov va boshqalar) 1981 yilda rayonlashtirilgan va Farg'ona, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ekilmoqda. So'nggi yillarda bir qancha yangi g'o'za navlari yaratilib istiqbolli deb tan olindi va rayonlashtirildi. 2007 yilda g'o'zaning Kleystogam navi (mu'allif T.Muxiddinov va boshqalar) Surxondaryo viloyatida kupaytirish uchun ekilgan. G'o'zaning Beshkaxramon navi kupaytirish uchun 2009 yilda Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga ekilgan. G'o'zaning suv tanqisligi va sho'rlanishga moslashtirilgan Navbaxor-2 navi (mu'allif b.f.n . N.G.Gubanova va boshqalar) 2010 yilda rayonlashtirilgan va Sirdaryo viloyatida ekilmoqda. G'o'zaning AN-16 navi (mu'allif b.f.n. D.Irgasheva va boshqalar) 2011 yilda Farg'ona viloyatida rayonlashtirilgan. G'o'zaning Kupaysin navi (mu'allif b.f.d. F.Djanikulov va boshqalar) 2003 yilda yaratilgan va 2011 yilda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida rayonlashtirilgan. G'o'zaning Beshkaxramon navi 2011 yilda rayonlashtirilgan(mu'allif b.f.n. T.Muxiddinov va boshqalar), Surxondaryo va, Farg'ona viloyatlarida ekilmoqda. G'o'zaning Gulbaxor-2 navi (mu'allif b.f.n. N.G.Gubanova va boshqalar) 2010 yilda Sirdaryo viloyati uchun istiqbolli deb tan olindi. G'o'zaning UzFA-703 navi (mu'allif b.f.n. I.Kaxxarov va boshqalar) 2008 yilda Toshkent viloyati uchun istiqbolli deb tan olindi. G'o'zaning Kelajak navi (mu'allif b.f.n. I.Kaxxarov va boshqalar) istiqbolli deb tan olindi va Andijon, hamda Toshkent viloyatlarida ekilmoqda. G'o'zaning AN-516DV navi (mu'allif b.f.n. D.A.Akkujin va boshqalar) 2010 yilda istiqbolli deb tan olindi. AN-514 navi (mu'allif b.f.n. D.A.Akkujin va boshqalar) Xorazm viloyatida ekilmoqda. G'o'zaning Genofond-2 navi (mu'allif akad. A.A.Abdullaev, prof. S.M.Rizaeva va boshqalar) 2013 yilda Xorazm viloyatiga istiqbolli deb tan olindi. Soyaning qishki ekinlardan so'ng qayta ekishga moslashtirilgan Genetik-1 navi rayonlashtirilgan (mu'allif b.f.d. Abzalov M.F. va boshqalar). O'zR FA G i O'B instituti 1998-2012 yillarda hammasi bo'lib 44 ta patent oldi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling