Gradation green


Download 0.63 Mb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#235620
1   2   3
Bog'liq
Ulugʻbek

3-rasm. "Devonu Lugʻotit Turk" asarining qayta ishlangan nashri.

Oradan sakkiz asr o`tib, 1904-yilda Vengriya Fanlar Akademiyasi tomonidan «Devon» ilk bor nashr etilgach, ushbu asar lingvistlar, tarixchilar, geograf va etnograflarning diqqat e’tiboriga tushdi. Oradan o`n yil o`tgach, 1914-yilda Istanbul bozorida asarning aslidan ko`chirilgan nusxasini qadimiy qo`lyozmalar ishqibozi Ali Amiriy bir kitobfurushdan tasodifan sotib olgan. Mazkur qo`lyozma 319 varaqli katta bir jilddan iborat bo`lib, varaqlari titilib, yirtilib ketgan bir holatda edi. Shuning uchun ham Ali Amiriy turkshunos hamda eski kitoblarni ta’mirlovchi usta Rifat Kilasliga ushbu qo`lyozmani tartibga keltirishni topshiradi. R. Kilasli «Devon»dan nusxa olib, uning birinchi va ikkinchi kitobini 1915-yilda va uchinchi kitobini 1917- yilda Istanbul shahrida chop ettirgan. Xuddi ana shu vaqtdan boshlab «Devon»ni turli jixatdan keng tadqiq etish ishlari boshlanib ketgan.


  • Asarni til nuqtai-nazaridan o`rganish va chop etish bilan juda ko`p mutaxassislar shug`ullanishgan. Jumladan, nemis olimi K. Brokkelman asardagi terminlarni alifbo asosida ifodalab, ularning nemis tilidagi tarjimasini chop qildirgandi.

O`zbek tilshunos olimi Solihqori Mutallibov «Devon»ning matnini va mazmunini 1960-1967-yillar davomida chuqur o`rganib, o`zbek tiliga to`liq tarjima qilgan. Bu tarjima turkshunos tadqiqotchilar uchun katta imkoniyatlar to`g`dirib, ularning ishini ancha yengillashtirdi. Asarning uyg`ur tilidagi tarjimasi Xitoyda nashr qilingan bo`lsa, Ozarbayjon olimi A.Demirchizodaning ma’lumotiga ko`ra, «Devon» Ozarbayjon tiliga ham tarjima qilinib, chop etilgan.
  • Mahmud Koshg`ariy 1101-yilda 72 yoshida vafot etgan. Uning maqbarasi hozirgi Xitoyning Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni Shufu okrugidagi Vupar shaharchasida joylashgan. (4-rasm)

4-rasm. Xitoyning Qashg'ar shahridagi M. Qoshgʻariy haykali.
  • Mahmud Koshg`ariyning «Devon»i qomusiy asar bo`lib, u til va adabiyot, geografiya, kartografiya, astronomiya, etnografiya va boshqa bir qator fanlar nuqtai- nazaridan qimmatli ma’lumotlarni o`zida aks ettirgan. Shu bois ham turli soha vakillari Koshg`ariyni «o`zlariniki» deb hisoblashadi. Darhaqiqat, olimning yozgan «Devon»idagi ma’lumotlarni ko`rib, beixtiyor «Koshg`ariy geografmi yoki filolog, etnografmi yoki kartograf», degan savol tug`iladi. Bu esa Koshg`ariyni o`z zamonasining yetuk qomusiy allomasi bo`lganidan dalolat. Shuning uchun ham Sharqshunos N. Baskakov Mahmud Koshg`ariyni «turkiy tillarni qiyoslash borasidagi yo`lchi yo`lduz», deb atagan bo`lsa, yana bir taniqli filolog-Sharqshunos A. Samoylovich olimni «XI asrning Radlovi», deya ta’riflagan edi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling