Grafik masalalarni yechish xususiyatlari
Fizikadan masalalar yechish metodikasi haqida umumiy mulohazalar
Download 353.74 Kb.
|
Abdisharifova U
Fizikadan masalalar yechish metodikasi haqida umumiy mulohazalar.
Biz yuqorida masalalani mazmuniga qarab shartli ravishda mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga va hakozolarga tegishli bo’lishi mumkinligini ko’rib o’tdik. Ko’pgina fizikadan masalalar yechish metodikasiga tegishli adabiyotlari tahlil qilish orqali va o’z tajribamizdan kelib chiqib, biz quyidagi mulohazaga keldik. Fizika kursining barcha bo’limlariga tegishli bo’lgan masalalarni yechishning umumiy tomonlari bor, shu bilan birga har bir bosh mavzularga tegishli masalalni yechish metodikasining o’ziga xos tomonlari mavjud. Biz quyida masala yechish metodikasining umumiy tomonlari haqida to’xtalamiz. 1. Ma’lumki har bir fizik masala mazmunida barcha fizika hodisalarining, qonunlarining biror xususiy ko’rinishi yotadi. Demak, fizikaning qaysi bo’limiga tegishli sodda masalami yoki murakkab masalami uni yechish uchun unga tegishli nazariyani chuqur o’rganish kerak bo’ladi. Qonunlarni, harakatlarni ifodalovchi formulalarni bilmay turib hech bir masalani ham yechish mumkin emas. 2. Masalani yechish uni bir necha bor diqqat bilan o’qishdan va mazmunini tushunib olishdan boshlanadi. Masala shartini o’qish bilanoq darhol, asosiy e’tiborni izlanayotgan kattalikga qaratmaslik uni tezda topishga harakat qilmaslik kerak. Aksincha masalalarda aks etayotgan fizik hodisalani yaxshilab tushunib olish, bu hodisada yotgan fizik qonunlarni va formulalarni esga olmoq kerak. Biror fizik kattalikni topish, hamda zanjirni hisoblash kerak bo’lsa yoki tasvir yasash talab qilinsa, masalada qanday kattaliklar va shartlar berilganligini aniqlashtirmoq zarur. Masalaning ma’lumotlarini uning shartida berilgan tartibda yozib olmoq kerak. Agar masalaning shartida kattaliklar turli birliklar sistemasida berilgan bo’lsa, ulani albatta sistemasiga keltirish zarur. 3. Masalada chizma yoki zanjir berilgan bo’lsa, chizmani yoki zanjimi diqqat bilan o’rganib va to’g’ri ko’chirib olmoq kerak. agarda masalada chizma yoki zanjir berilmagan bo’lsa, masalaning shartiga ko’ra fizik jarayonni ko’z oldimizga keltirib masalaning mazmunini to’liq aks ettiruvchi chizma chizib olish yoki zanjir tuzish kerak bo’ladi. Barcha bo’limlarga tegishli yana bir umumiy tomon shundan iborat-ki, shar bo’limga hos navbatdagi bosqichlarni bajarib bo’lgandan keyin olingan natijani tashlil qilib to’g’riligini tekshirib olish kerak bo’ladi. olingan natijaning to’g’riligiga ishonch shosil qilgach, shisoblashlarni bajarish lozim. hisoblashlarni bajarishda iloji boricha ehmlardan foydalanish kerak, bu esa vaqtni tejaydi. Download 353.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling