Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar
– mavzu MS Word dasturida grafik obektlar bilan ishlash
Download 3.77 Mb.
|
Документ Microsoft Word
13 – mavzu MS Word dasturida grafik obektlar bilan ishlash
Reja: «Таблица» menyusi. Jadvallar tuzish. Satr va ustunlar quyish hamda olib tashlash. Jadval katakchalari o`lchamini o`zgartirish. Jadvalni bo`lish. «Таблица» menyusi. Jadvallar tuzish. Satr va ustunlar quyish hamda olib tashlash Word da jadvallar bilan ishlash elektron jadvallar sistemasida ishlash kabi bo`ladi, jadval asosan satr va ustunlarning kesishmasidan hosil bo`lgan kataklardan tashqil topgan, ya`ni
Katakchalarga formulalar, sonlar matnlar kiritish mumkin. Agar katakcha kengligi o`zgartirilsa katakchadagi matn sig`imi ham o`zgaradi. Jadvalni hujjatning ixtiyoriy qismida yaratish mumkin. Jadvalni yaratish uchun «Таблица» menyusidan «Вставить» → «Таблица» bandlari tanlanadi yoki asboblar panelidagi «Вставить таблицу» piktogrammadan foydalaniladi (1-rasm). 1-rasm Ustunlar va satrlar soni oldindan ma`lum bo`lsa, jadval yaratishda ularning sonini kiritish mumkin. Aks holda sharoitga ko`ra foydalanuvchi ularning sonini va o`lchamlarini to`liq o`zgartira oladi. Yaratilgan jadvalga ixtiyoriy ma`lumotlar kiritishda har bir katakchaga ma`lumotni kiritish talab qilinadi. Navbatdagi katakchaga o`tish uchun «Tab» tugmachasi bosiladi, oldingi kataklarga o`tish uchun esa Shift+Tab tugmachalari bosiladi. Sichqoncha yordamida zaruriy katakchaga uning ko`rsatkichi keltiriladi va chap tugmacha bosiladi. Shuningdek, Alt+Home klavishlari orqali katakchaning boshlanish qismiga o`tiladi, Alt+End klavishlari orqali esa jadvalning oxirgi katakchasiga o`tiladi. Jadvalni to`ldirishda katakchalarni, ustunlarni, satrlarni quyish yoki uchirish mumkin. Buning uchun «Таблица» menyusidan kerakli buyruqlar tanlanadi. Jadvalda mavjud bo`lgan katakchani o`chirish uchun dastlab blokka olinadi, so`ng «Таблица» menyusidan «Удалить яйчеки» buyrug`i tanlanadi. Ekranda munozara oynagi hosil bo`ladi va kerakli bandlari tanlanadi (2-rasm). 2-rasm Satr va ustunlarni qo`shish va o`chirish menyu buyruqlari yordamida oson bajariladi. Masalan, ixtiyoriy jadvalni olaylik.
Jadvalning 4 va 5 satr o`rtasiga 1 ta satr, 1 va 2 ustun o`rtasiga 1 ta ustun qo`shish talab qilinsin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: Jadvaldagi 5-satrning ixtiyoriy joyiga ko`rsor olib boriladi va «Таблица» menyusidan «Вставить» bandiga undan «Строки выще» buyrug`i bosiladi Natijada jadvalga satr qo`shiladi. Ustun qo`shish uchun, jadval 2 ustunining ixtiyoriy satriga ko`rsor olib borilib, «Таблица» menyusidan «Вставить» bandiga undan «Столбцы слева» buyrug`i bosiladi. Natijada 1 va 2 ustun o`rtasiga 1 ta ustun qo`shiladi. Ustun va satrlarni olib tashlash ham xuddi shu tartibda, faqat «Удалить» bandidan foydalaniladi. Jadval katakchalarining o`lchamini o`zgartirish uchun, Jadval belgilab (qora rang) olinib, «Таблица» menyusining «Свойства таблицы» bandi bosiladi. Ekranda muloqat oynasi ochiladi, undagi «Строка» balandligi va «Столбец» kengligi o`zgartiriladi. Natijada jadval katakchalari Siz xoxlagan o`lchamga keltiriladi. Yuqoridagilarni uyda va amaliy mashg`ulotlarda mustaqil o`rganing? Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling