Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi


Download 232.98 Kb.
bet11/18
Sana03.06.2024
Hajmi232.98 Kb.
#1841799
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan

Muhammad al-Xorazmiy (783-850)
Xorazmiyning to‘liq ismi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. U O‘rta Osiyolik mashhur matematik va astronom. Xorazmiy Xorazm (Xiva)da 783 yilda tug‘ilib, 850 yilda Bog‘dod (Iroq)da vafot etgan.
SHu sababli bo‘lsa kerak Xoraz­miy VIII asr oxirida Bag‘dodga keladi. Bag‘dodga turli kasb egalari, olimlar to‘plana boshlashdi. Fanning rivojlanishi Xorun ar-Rashid (786—809) va uning o‘g‘li al-Ma’mun xalifalik qilgan (813-833) davrga to‘g‘ri keladi.
Al-Ma’mun Bag‘dodda «Bayt al-xikmat» («Donishmandlar uyi») ni qurdiradi. «Donishmandlar uyi» qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o‘z davrining fanlar Akademiyasi deb atash mumkin edi.
Xorazmiy Bag‘dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Qadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o‘rganadi. Uning Bag‘doddagi dastlabki ishi hindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qilish bo‘ldi.
Tez orada Xorazmiy matemati­ka, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O‘rta Sharqda shuhrat qozondi. U «Bayt al-hikmat» dagi kutub­xona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Agar «Donishmandlar uyi» ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o‘sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi.
Xorazmiy ham o‘zining arif­metika, algebra, astronomiya, geo­grafiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda YAqin va O‘rta SHarkda fan tili arab tili edi.
Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi beqiyos. Uning «Hind hisobi» nomli risolasi o‘nli sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan. Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan bu raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etdi. Bu raqamlar XI asrda Xorazmiy­ning risolasi tufayli xindlardan arablarga, keyinrok, Evropaga o‘tdi.
Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. «Algebra» termini uning «Al-jabr val-muqobala» nomli asaridagi «Al-jabr» so‘zining lotincha yozilishidan kelib chiqqan.
Bu asarida Xorazmiy birinchi bo‘lib, chiziqli va kvadratik teng-lamalarni sinflarga ajratdi va ularni echish usullarini ko‘rsatib berdi.
Matematikadagi «algoritm» termini ham Xo­razmiyning nomi bilan bog‘liq, u «al-Xorazmiy» yoki lotincha «Algaritm» so‘zidan kelib chiqqan.
Xorazmiy o‘rta asr SHarqida yaratilgan eng birinchi zij-matematik va astronomik jadvallarning muallifi. U geografiyaga doyr «Er surati» nom­li asar yozgan. Bu asar Xoraz­miy tomonidan chizilgan bir nechta karta va unga yozilgan sharhlardan iborat. Amerikalik sharqshunos D. Sarton Xorazmiyni «Barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biridir» deb ta’riflaydi.



Download 232.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling