Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi
Download 232.98 Kb.
|
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan
KIRISH O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mustaqillik bilan bog‘liq barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alohida e’tibor berdi. «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq, - deb yozadi Prezident I. Karimov – ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy – ma’rifiy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyat darajada muhim vazifa bo‘lib qoldi». Mustaqil mamlakatimizning turli sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatimiz oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimi, ma’naviyati, ilmiy dunyo qarashini boyitishning samarali vositalarini izlash zaruriyatini qo‘ymoqda. Yoshlarimizdan ular egallagan bilimlarni jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llay bilish talab etilmoqda. Yosh avlod istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalanib, ulug‘ ajdodlarimizga munosib voyaga etishishlarini, eng avvalo ularning bugungi olayotgan saboqlari va bilimiga bog‘liq. Har bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiyot tarixi bo‘lgani kabi «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlarining ham paydo bo‘lish tarixi, ta’lim muassasalarida o‘qitilishi va ilmiy metodik hamda ilmiy nazariy yo‘nalishlar bo‘yicha taraqqiyot yo‘llari mavjud. Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi. Geometrik grafika fanlariga esa chizma va amaliy geometriya hamda muhandislik grafikasi fanlari kiradi. Bajarilgan ishda qadimgi Misr va Grek geometr va faylasuv olimlarining (e.a.) II-IV asrlarda geometriyaga tegishli tadqiqotlari to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek Evropada uyg‘onish davrida geometrik grafika fanlarining rivojlanishiga ayrim geometr olimlarning qo‘shgan hissalari berilgan. Chizma geometriya fanini fransuz olimi Gospar Monj (1746-1818) fan sifatida asoslab birinchi darslikni 1798 yilda yozgan va Fransiyaning ayrim ta’lim muassasalarida o‘qitilgan. Shu davrdan boshlab bu fanni texnika va qurilish ishlarining turli sohalarida hamda harbiy texnika va turli istehkomlarni loyihalashda amaliy qo‘llanishini ham ko‘rsatgan. Rossiyada bu fan 1810 yildan boshlab Peterburg qurilish injenerlar korpusi talabalariga fransuz olimlari tomonidan avval fransuz tilida so‘ng rus olimlari tomonidan rus tilida o‘qitilgan va fanning ayrim bo‘limlari rivojlantirib borilgan. Atoqli rus olimlarining geometrik grafika fanini rivojlantirishga qo‘shgan xissalari berilgan. Markaziy Osiyoda yashab ilm fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borgan qadriyatlarimiz Abu Nasir Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Al Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalarning geometriya sohasidagi ishlari tug‘risida ma’lumotlar berilgan. Ushbu bajarilgan ishda O‘zbekistonda «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o‘qitilish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari (OTM) professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan birinchi o‘quv adabiyotlarining yaratilishi keltirilgan. O‘zbekiston uchun 05.01.01. - «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha 20 dan ortiq yuqori malakali olimlar etishtirgan Kiev ilmiy maktabi va uning rahbarlari tug‘risida to‘liqroq ma’lumotlar keltirilgan. Chizma geometriya, muhandislik va komp’yuter grafikasi fanini nazariy, va metodik yo‘nalishlar bo‘yicha ayrim tadqiqot mavzulari berilgan. Download 232.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling