Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi
Download 232.98 Kb.
|
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan
Platon (427-347 e.a.) Pifagorning shogirdi hisoblanadi. Platon o‘zidan oldingi ustozlari kabi Misr matematikasini o‘rganib so‘ngra Italiyaga Pifagorchilar maktabiga keladi. U Afinaga kelib yangi ilmiy maktabni boshqardi. Bu maktabda u geometriya faniga analitik usulni qo‘llaydi. Geometrik usullar bilan konus kesimlarini kiritadi. Platon shogirdlarining bu kashfiyotlari shu paytgacha ma’lum bo‘lgan elementar geometriya deb nomlanuvchi fan o‘rniga yangi geometriya fani paydo bo‘ldi.
Geometrik yasashlarga doir masalalarni hal qilishda Platonning xizmatlari katta u Afinadagi «Akademiya»ning asoschisi hisoblanib, bu akademiyada filosofiyadan 20 yildan ortiq dars bergan. Afina shaharining ko‘rkam bog‘laridan biriga joylashgan «Akademiya» binosining kirish qismiga Platon «Kim geometriyani bilmasa bu binoga kirishi mumkin emas» deb yozib qo‘ydirgan. O‘sha davrning ko‘pgina matematik-tarixchilar Platonga geometr sifatida unga yuqori baho berilgan deb hisoblaydilar. Tarixchi olimlar Diogen va Laeruiy (III-IV e.a.) hamda Prokl (412-485 e.a.)lar Platonning geometriya sohasidagi ajoyib ishlari mavjudligini keltiradilar. Ular quyidagilardir: To‘g‘ri burchakli uchburchakning tomonlarini ratsional sonlardan iborat bo‘lish usuli. Berilgan ikki kesmaga o‘rta proporsional bo‘lgan uchunchi kesmani aniqlash masalasini mexanik usulda asbob ixtiro qilgan. Planometriyadan ancha orqada qolgan stereometriyani rivojlantirgan. Pifagorchilar maktabi boshlagan irratsional miqdorlar nazariyasini to‘ldirgan. Geometrik masalalarni mantiq nazariyalarini qo‘llash bilan foydalanib echishni tavsiya qilgan. Platonning fikricha har qanday murakkab masalalar analitiko-sintetik usul bilan echish mumkin. Ya’ni echiladigan biror masala avvalo analiz qilib, so‘ngra sintez qilish loziimligini keltiradi. Platon maktabida yasashga doir masalalarni echish jarayonida «Nuqtalarning geometrik o‘rni» aniq ma’lim bir shartni qanoatlantiruvchi uzluksiz nuqtalar qatori ekanligi isbotlanadi. Masalan Qadimgi Grek geometrlari tomonidan turli davrlarda kashf qilingan sissoida, konxoida, kvadratrisa egri chiziqlari eng qiziqarli geometrik o‘rinlar hisoblanadi. Platon va uning o‘quvchilari sirkul va chizg‘ich yordamida to‘g‘ri chiziq va aylanalar chizish bilan echiladigan masalalarni geometrik yasashlarga kiritganlar. Agar biror masalani echish jarayonida boshqa chizmachilik asboblari yoki vositalar ishlatilsa, bu yasashlar geometrik yasashlar hisoblanmagan. Qadim grek geometrlari Platonni geometrik yasashlarga bunday qarashlarni qabul qilib uni ideal sifatida qabul qilganlar. Platon yasashga doir masalalardan burchak triseksiyasi masalasini ham echgan. Platonning fikricha dunyo olov, er, havo va suv elementlar atomlaridan tuzilgan bo‘lib, ularni tetraedr, kub, oktaedr va ikosaedrlarga taqqoslaydi. Download 232.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling