Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi
Download 232.98 Kb.
|
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan
Pifagor Samosskiy (580-500 e.a.) Falesning shogirdi hisoblanadi. Pifagor geometriya fani bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi tarixiy shaxslardan biri bo‘lgan grek olimidir.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahlil olgan. Zardo‘shtlik diniga juda qiziqgan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirmasdi. U Misr va Hindiston safaridan so‘ng Italiyaga kelib o‘zining mashhur maktabiga asos soladi. Pifagor va uning o‘quvchilariga geometriya fanidagi ko‘pchilik kashfiyotlar tegishlidir. Pifagorning quyidagi asarlari mavjud: «Tabiyot haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy kalom». Pifagor Samosskiy Egey dengizi sohilidagi o‘zi tug‘ilgan Samos orolini hukmdori zulmiga norozilik alomati sifatida tark etadi va etuk 40 yoshlarida Italiya janubidagi Kroton shahriga borib qoladi. Pifagor har narsani bilishga urinadigan fikrli olim va birinchi kashfiyotchilardan hisoblanadi. Pifagor ta’limotiga Sharq falsafasi va dini katta ta’sir ko‘rsatadi. U Sharq mamlakatlari bo‘ylab ko‘p sayohatda bo‘ldi: Misr va Vavilonda bo‘ladi. U erda Pifagor Sharq matematikasi bilan tanishadi. Pifagor yasashga doir masalalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan Pifagor va uning o‘quvchilari o‘sha zamonda intuitiv qoidalarni to‘plashga asoslangan geometrik ma’lumotlar o‘rniga aqlga to‘g‘ri keladigan isbotlar asosida mantiqan to‘g‘ri tuzilgan haqiqiy geometriyaga katta hissa qo‘shdilar. Pifagor nomi bilan to‘g‘ri burchakli uchburchakda uning gipotenuzasining kvadrati katetlar kvadratlarining yig‘indisiga tengligi isbotlangan. Pifagor va uning o‘quvchilari bu teoremani shakllarining o‘zaro tengligiga doir geometrik yasashlar asosida isbotlaganlar. Bundan tashqari Pifagor birqancha boshqa yangiliklar ham yaratgan ulardan quyidagilarni keltirish mumkin. Uchburchakning ichki burchaklarining yig‘indisi 180˚ ga tengligi: Pifagor yasash jarayonida muxokama usuli orqali tekislikni teng uchburchaklar, kvadratlar, muntazam olti burchaklar bilan to‘ldirish mumkinligini keltirgan. Kvadrat tenglamani geometrik usul bilan echishni ko‘rsatgan. Pifagor quyidagi yasashga doir masalalarni ham echgan: Berilgan ikki kesmaga o‘rta proporsional bo‘lgan kesma yasash. Berilgan kesmaga shunday parallelogramm yasalsinki, u berilgan parallelogramga va uning burchaklariga teng bo‘lsin. Pifagor va uning o‘quvchilari muntazam besh burchak yasash hamda 3,4,6,8,10,16 teng tomonli ko‘p burchaklar yasash masalasi bilan shug‘ullanganlar. Ammo ular 7,9,11 burchakli muntazam ko‘p burchaklarni yasay olmaganlar. Pifagor birinchi bo‘lib sonlarni juft va toq, tub va murakkab sonlarga ajratdi. Figurali son tushunchasini kiritdi. Uning maktabida Pifagor sonlari deyiladigan natural sonlar to‘la, qarab chiqilgan. Har bir uchlikdagi sonlardan birining kvadrati qolgan ikkitasi kvadratlarining yig‘indisiga tengdir. Geometriyada isbotlashlarni muntazam qo‘llay bilish, to‘g‘ri chiziqli figuralar planometriyasini yaratish, o‘xshashlik xaqidagi ta’limotlar Pifagorga tegishlidir. Arifmetik, geometrik va proporsiyalar, o‘rta qiymatlar haqidagi ta’limotlarni ham Pifagor nomi bilan bog‘liqdir. Download 232.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling