Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi


Chizmachilik fanlarining rivojlanish tarixi


Download 232.98 Kb.
bet2/18
Sana03.06.2024
Hajmi232.98 Kb.
#1841799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan

Chizmachilik fanlarining rivojlanish tarixi.
Qadimgi Misr va Gretsiya olimlarining geometrik va tasvirlash usullaridagi izlanishlari.
Geometriya fanini paydo bo‘lishidan boshlab u matematika, mexanika, fizika, astranomiya fanlari bilan birgalikda texnika va tasviriy san’atning nazariy asoslarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Geometriya fani tarixiga tegishli adabiyotlarni o‘rganib chiqqanda bu fanning paydo bo‘lish joyi va vaqti aniqlanmagan. Qadimgi Gretsiyada bu fan Misrda paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Ammo Vavilonliklar va Xitoyliklar fazoviy geometrik shakllar to‘g‘risida Qadimgi Misrliklardan kam ishlar qilmaganlar. Xitoyliklarning «Chupey» nomli traktatida matematikadan qiziqarli ma’lumotlr keltirilgan.
Traktatning birinchi qismi XII-XI (e.a.) asrlarda yozilgan. Qadimgi Misrda aniq geometrik bilimlarni birinchilar qatorida Axmes bergan. Axmes asosan er maydonlarini o‘lchash bilan geometrik masalalarni echilishini keltiradi. U barcha hisoblashlarni taqriban bajargan. Bundan tashqari u piramidalarni va boshqa sodda jismlarni hisoblash bilan shug‘ullangan. Misrliklarning bu sodda hisoblashlarini geometriya deb bo‘lmaydi. Chunki unda teorema va uning isboti yoki aksiomalar va pastulatlar mavjud bo‘lmagan.
Qadimgi grek olimlaridan eng mashhurlarining ba’zi bir geometrik tadqiqotlari to‘g‘risidagi quyidagi ayrim ma’lumotlarni keltiramiz.


Milletlik Fales (624-547 e.a.) Gretsiyada geometriyaning asoschisi va qadimgi etti donishmandlarning biri hisoblanadi. U o‘zining birinchi ma’lumotini Misrda olgan. So‘ngra Gretsiyaning Milet shahriga kelib geometrlarning Ioniylar maktabini tashkil qildi va ilmiy geometriyaga asos soldi.
Fales birinchilardan bo‘lib tabiyot haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi oy bilan to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan. Aylana diametri uni teng ikkiga bo‘lishini isbotlab bergan. Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o‘lchagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Quyoshning harakati haqida», «Teng ko‘plik haqida». Uning zamondoshlari «Falsafa Falesdan boshlanadi, u birinchilardan edi» der edilar.
Falesning geometriya sohasidagi ishlari ham juda ko‘p. Shulardan biri Fales teoremasi bo‘lib u hozirgi kunda ham umum ta’lim maktab o‘quvchilariga o‘qitiladi va bu teorema asosida planometriyaning ko‘pgina qoidalari isbotlanadi.



Download 232.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling