Grafika-yozuv tizimining yetakchi komponenti Grafema tiplari
Download 0.96 Mb.
|
Grafika-yozuv tizimining yetakchi komponenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafema
Fonografema tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: a fonografemasi «a» fonemasini, z fonografemasi «z» fonemasini ifodalagani kabi.Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monograf (bir harfli fonografema) va poligraf (ko‘p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflar o‘z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to‘rt harfli shakllarda bo'lishi mumkin. Hozirgi lotin o‘zbek yozuvida ng, sh, ch poligraflari mavjud. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladiLogografemalar (logogrammalar). Grafemalarning bu tipi tushun- chalarni yoki tushuncha nomi bodgan so‘zlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan. Rus grafïkasi asosidagi o‘zbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi: raqamlar — son turkumiga mansub so‘zlarning ma’nolarini ifodalovchi logografemalar.Morfografemalar so‘z tarkibidagi ma’noli qismlarni (morfemalarni) ifodalovchi belgilar. Masalan, defis (chiziqcha) raqamdan keyin qo'llanganda tartib son tarkibidagi «-nchi» («-inchi») morfemasini ifodalaydi — shu morfema defisining referent bo'ladi: 5-uy (beshinchi uy), 20-xona (yigirmanchi xona) kabi. Biqor, qozon-tavoq, aka-uka kabi juft so'zlarning yozuvdagi shakllarida defis morfografema emas, orfografik belgi vazifasida qatnashadi (juft so'zlar orfogrammasiga tegishli bo'lganligi uchun). Simvollar — ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilarTayanch tushunchalar grafika — yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi. Grafema — grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan semiotik belgi. Fonografema -*■ grafemalarning fonemalarni ifödalashga asoslangan tipi. Monograf - shaklan bir harfga teng grafema. Poligraf — shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng bo‘lgan analitik grafema. Monofonemali grafema — mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema.Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling