Grafika-yozuv tizimining yetakchi komponenti Grafema tiplari


Download 0.96 Mb.
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi0.96 Mb.
#1042214
  1   2   3
Bog'liq
Grafika-yozuv tizimining yetakchi komponenti

Grafika-yozuv tizimining yetakchi komponenti Grafema tiplari

reja:

1.Grafika haqida ma’lumot.

2. Grafema haqida.

3.Grafema tiplari.

Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik- grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi

Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo‘lgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, grafema yozuv birligi, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa til birliklaridir. Binobarin, grafema bilan fonema, intonema yoki leksema o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (tabiiy holda) bolishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun grafema bilan fonema, intonema va leksema o'rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta’minlanadi: har bir grafemaning mazmun plani oldindan (grafik tizim shakllantirilgan va joriy qilingan paytda) kodlashtirib qo‘yiladi.

Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funksional xususiyatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol o‘ynaydi: bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga o‘xshaydi, chunki fonemalar ham, ma’lumki, differensial belgilar tufayli fonologik qiymatga ega boiadi, farqi shundaki, fonemalarning differensial belgilari akustik-artikulatsion omillarga tayanadi, grafemalarning differensial belgilari esa optik-grafik omillarga asoslanadi.

Masalan, gulvakul so‘zlarining ma’nolarini farqlashda «g» va «k» fonemalaridan birinchi- sining jarangli, ikkinchisining esa jarangsiz bo‘lishi (akustik tavofuti) tovush tili uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, shu tovushlami yozuvda ifodalovchi g va k grafemalarining shakliy tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir. Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobiliga (kodlashtirilgan referentiga) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemogräfema, logografema, morfografema kabi tiplarga bo'linadi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling