Orfografiya va orfoepiya haqida ma’lumot
Download 33 Kb.
|
ORFOGRAFIYA VA ORFOEPIYA HAQIDA MA
ORFOGRAFIYA VA ORFOEPIYA HAQIDA MA’LUMOT. Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ular grafik tizimning eng asosiy strukturaviy-funksional birligi hisoblanadi. Grafema tashqi (moddiy) va ichki (mavhum) tomonlari bor bo‘lgan bilateral birlikdir. U shu ikki tomonning - ifodalovchi va ifodalanuvchilarning uzviy bog‘liq bo‘lishiga asoslanadi. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin. Chizmalarda ko‘rsatilgan grafemalarning birinchisi (Q grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) tinish belgisiga, uchinchisi (8 grafemasi) raqamga asoslangan. Shunga ko‘ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi.Yozuvda ishlatiladigan defies, apostrof (tutuq belgisi) ham noharfiy belgilar guruhiga mansubdir. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday grafemalar va yana bir qator yordamchi vositalar (signalizatorlar, diakritik belgilar)dan tarkib topadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, grafema y o z u v b i r l i g i, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa t i l b i r l i k l a r i d i r. Binobarin, grafema bilan fonema (yoki intonema, leksema) o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (bevosita) bo‘lishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun yozuv birligi (grafema) bilan til birligi (fonema, intonema yoki leksema) o‘rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta'minlanadi: kod turli informatsiyalarni uzatish, ishlash, saqlash va xotirlab qolish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar, simvollar sistemasidir. Har qanday grafema ana shu sistemaning bir a'zosi hisoblanadi. Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funksional xususiyatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol o‘ynaydi. Bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga o‘xshaydi, chunki fonemalar ham, ma'lumki, differensial belgilar tufayli so‘z yoki morfemalarning moddiy qobig‘ini va ma'nolarini farqlaydi, farqi shundaki, fonemalardagi differensial belgilar akustik-artikulatsion omillarga, grafemalardagi differensial belgilar esa optik-grafik omillarga asoslanadi. Masalan, tovuq va sovuq so‘zlarining ma'nolarini farqlashda "t" va "s" fonemalaridan birinchisining portlovchi, ikkinchisining esa sirg‘aluvchi bo‘lishi (akustik-artikulatsion tafovuti) tovush tili uchun qanchlik ahamiyatli bo‘lsa, shu tovushlarni yozuvda ifodalovchi t va s grafemalarining shakllaridagi tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir. Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema va morfografema kabi tiplarga bo‘linadi. 1.Fonografemalar tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: i fonografemasi "i" fonemasini, b fonografemasi "b" fonemasini ifodalagani kabi. Fonografemalarning tashqi (ifodalovchi) tomoni bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, n) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Grafik lingvistikada tashqi (ifodalovchi) tomoni bir harfga teng bo‘lgan grafemalar monograflar deb, ikki harf birikmasiga teng grafemalar esa digraflar deb nomlanadi. Yozuv tizimida grafemalarning uch yoki to‘rt harf birikmasiga teng turlari ham uchraydi. Masalan, nemis yozuvida "sh" fonemasi uchun uch harf birikmasidan iborat grafema (sch trigrafi), "ch" fonemasi uchun esa to‘rt harf birikmasidan iborat grafema (tsch poligrafi) belgilangan. Ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasidan tarkib topgan grafemalar poligraflar deb ham nomlanadi. Fonografemalarning ichki (ifodalanuvchi) tomonida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbek yozuvidagi g‘ fonografemasining ichki tomonida o‘zbek tilining bitta fonemasi - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli "g‘ “ undoshi, j fonografemasining ichki tomonida esa ikkita fonema - sirg‘aluvchi "j" (jurnal so‘zi boshidagi undosh) va qorishiq "dj" (juda so‘zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Grafemalarning ichki tomonida kodlashtirilgan fonemalar shu grafemalarning ifodalanuvchilari yoki referentlari deb ham yuritiladi. Ifodalanuvchisi (referenti) bitta bo‘lgan grafemalar monofonemali grafemalar, ifodalanuvchisi ikkita bo‘lgan grafemalar bifonemali yoki polifonemali grafemalar sanaladi. Fonografemalarning monograf, poligraf, monofonemali va polifonemali xarakterda bo‘lishi ularning paradigmatik tavsifiga xosdir. Sintagmatik tavsifda (yozma nutq oqimida) esa grafemalarning yana bir qator xususiyatlari borligi ko‘zga tashlandi. Xususan, ong, ming so‘zlaridagi n va g harflari birikib, bitta tovushni (sayoz til orqa "ng"ni), menga, senga so‘z shakllarida esa shu ikki harf alohida-alohida tovushlarni ("n" va "g" fonemalarini) ifodalamoqda. Shunga ko‘ra, ong, ming so‘zlaridagi ng digrafi sintagmatik planda analitik grafema (yozma nutq oqimida ikki harf bir tovushni ifodalagani uchun), menga, senga so‘z shakllaridagi n va g harflari esa oddiy grafemalar (yozma nutq oqimida ikkita boshqa-boshqa tovushni ifodalagani uchun) hisoblanadi; rus-o‘zbek yozuvidagi e monografida esa boshqacharoq holat (grafik qoida) kuzatiladi: u so‘z yoki bo‘g‘in boshida bir yo‘la ikki fonemani - "й+э"ni ifodalaydi, demak, sintetik xarakterdagi grafema sanaladi (mas., елкан so‘zida), boshi yopiq yoki to‘la yopiq bo‘g‘in tarkibida esa rus-o‘zbek alifbosidagi e monografi bitta "э" unlisining ozini ifodalaydi, demak, oddiy grafema xarakterida (bir tovushga bir harf munosabatida) bo‘ladi (mas., мен so‘zida). Bu hol turli fonetik-grafik pozitsiyada qo‘llangan e va э grafemalari o‘rtasida sinonimik munosabatni ham shakllantiradi. Qiyos qiling: экин (э = "э")-текин (e="э"). Bu ikki so‘zda ifoda plani (shakli) har xil bo‘lgan э va e grafemalari bitta "э" unlisini ifodalagan. Bunday holni парад va нарyaд(a va ya ="a"), суд va салют (у va ю="у"), флот va слёт (o va ё= "o") so‘zlari tarkibidagi grafemalar sinonimiyasida ham ko‘ramiz. Bular rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi fonografemalarining strukturaviy va funksional, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ancha murakkabligidan dalolat beradi. 2. Prosodemografemalar tovush tilining ohang, melodika, pauza, urg‘u kabi ritmik-intonatsion vositalarini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Xususan, urg‘u belgisi so‘zning urg‘uli bo‘g‘inini yozuvda ko‘rsatish zarur bo‘lgan paytlarda ishlatiladi. U urg‘uli bo‘g‘indagi unli tovushni ifodalagan harf (grafema) ustiga qiya chiziq tarzida qo‘yiladi: atlás ("matoning bir turi"), átlas ("geografik atlas") kabi. Tinish belgilari esa gap va nutqning mazmun sini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan fonetik-fonologik vositalarni (ko‘tariluvchi ohang, pasayuvchi ohang, to‘lqinli ohang, sanash ohangi, pauza kabi supersegment birliklarni) yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadi. Bunday belgilar quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: a) ijtimoiy aloqani (fikr almashuvi jarayonini) yozuvda to‘g‘ri ifodalash uchun; b) maqsad, mazmun yoki ma'noni, ularning o‘ziga xos "rang" va "tus"larini yozuvda aniq ifodalash uchun; v) gapning tarkibini hamda shu tarkib elementlari (komponentlari) o‘rtasidagi grammatik-semantik munosabatlarni ifodalash uchun; g) yozma nutqning ixcham va ravonligini ta'minlash uchun; d) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalash uchun. O‘zbek tilshunosligida tinish belgilarining quyidagi 10 ta turi grafikaning markaziy sistemasiga kiritiladi: Nuqta ------------------------------------------------------------(.) So‘roq belgisi -------------------------------------------------(?) Undov belgisi ------------------------------------------------(!) Nuqtali vergul ------------------------------------------------(;) Ko‘p nuqta (uch nuqta)-------------------------------------(...) Vergul (qo‘sh vergul)------------------------------------(,yoki ,,) Ikki nuqta (bayon belgisi)-----------------------------------(:) Tire (qo‘sh tire)--------------------------------------------(-yoki- -) Qavs (qo‘sh qavs)---------------------------------------------(),[] Tirnoq (qo‘sh tirnoq) -------------------------------------(" ")(" ")Izoh: tinish belgilarining yuqorida sharhlangan xususiyatlari va shu asosda yaratilgan klassifikatsiyalar ularning grafik belgi (prosodemografema) sifatidagi xarakteristikasi hisoblanadi, ammo tinish belgilarining qo‘llanishini me'yorlaydigan qoidalar tizimi esa grafikada maxsus ko‘rilmaydi, chunki "qoidalar" "Grafika"ning emas, "Punktuatsiya"ning predmeti sanaladi. Yuqorida sanab ko‘rsatilgan tinish belgilarining misra balandligiga nisbatan joylashtirilishi ham bir xil emas: nuqta (.), vergul (,), ko‘p nuqta (...) misraning pastki chizig‘i bo‘yicha qo‘yib boriladi; qolgan belgilar, masalan, qavs ( ), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), so‘roq belgisi (?), ikki nu?ta (:), qo‘sh tirnoq (" ") misraning ustki chiziqidan ostki chizig‘igacha bo‘lgan masofa hajmida yoziladi. Qo‘sh tirnoqning asosan qo‘lyozmada qo‘llanadigan turi ( " " )so‘z yoki gap boshida misraning ostki chizig‘i bo‘ylab, shu so‘z yoki gap oxirida esa misraning ustki chizig‘i bo‘ylab joylashtiriladi. 3. Logografemalar (logogrammalar). Grafemalarning bu tipi tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi: Raqamlar - son turkumiga mansub so‘zlarning ma'nolarini ifodalovchi logografemalar. Ular o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: a) g‘arbiy arab (g‘ubor) raqamlari: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi. Arab raqamlari aslida Hindistonda (5-asrga yaqin) kashf etilgan bo‘lsa-da, Arabistonga buyuk o‘zbek olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan "?Hisob al- hind"("Hind arifmetikasi haqida kitob") asari orqali kirib kelgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga (10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Yevropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Demak, Hindistonda yuzaga kelgan yuqoridagi raqamlarning "arab raqamlari" nomi bilan ommalashib ketishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor; b) rim raqamlari - qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar bo‘lib, ular quyidagi belgilardan tarkib topgan: I (bir), V (besh), X (o‘n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming). Qolgan raqamlar shu belgilar kombinatsiyasiga asoslanadi: I(1), II(2), III3), IV(4), V(5), VI(6), VII(7), VIII(8), IX(9), X(10), XI(11), XII(12), XIII(13), XIV(14), XV(15), XVI(16), XVII(17), XVIII(18), XIX(19), XX(20), XXX(30) XL(40), L(50), LX (60), LXX(70), LXXX(80), XC(90), C(100), CD(400), D(500), DC(600), CM(900), M (1000), MC(1100), MD(1500) va boshqalar. Rim raqamlari miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan. 4. Morfografemalar so‘z tarkibidagi ma‘noli qismlarni (morfemalarni) iodalovchi belgilar. Masalan,defies (chiziqcha) raqamdan keyin qo‘llanganda tartib son takibidagi “-nchi” (“-inchi”) morfemasini ifodalaedi – shu morfema defisning referenti bo‘ladi: 5-uy (beshinchi uy), 20-хona (yigirmanchi хona) kabi.Biriq, qozon-tovoq, aka-uka kabi juft so‘zlarning yozuvdagi shakllarida defies morfografema emas, orfografik belgi vazifasida qatnashadi (juft so‘zlar orfogrammasiga tegishli bo‘lganligi uchun). 5. Simvollar - ilm-fanning ma'lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilar: a) matematik simvollar - √ (ildiz), - (oluv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), X (iks), X2 (iks kvadrat), ~ (davriylik, uzluksizlik), > (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomik simvollar - ☼ (Quyosh), C (Oy), ♂ (Mars), ♀ (Merkuriy), CH(Yupiter), O (Venera, Zuhra), ђ (Saturn) va boshqalar; d) kimyoviy simvollar - O (oltin), C (kumush), O (mis), δ (qo‘rg‘oshin),♀ (simob), ♂ (temir) va boshqalar; e) botanik simvollar - A (androtsey, changchilar), O (bir yillik ¢simlik), O (ikki yillik o‘simlik), ђ (buta), G (ginesey, urugchi), ( ) gul bo‘laklari qo‘shilib o‘sgan), └ ┘?(daraxt), Ө (kuzgi o‘simlik) va boshqalar. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling