Ma’ruza. Grafika. Orfografiya


Download 243.38 Kb.
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi243.38 Kb.
#1427490
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fonetika 10-mavzu

MA’RUZA. GRAFIKA. ORFOGRAFIYA.

 


1. Grafika haqida ma’lumot.
2. Fonografemalar , logografemalar , morfografemalar va simvollar .
3. Diakritik harflar va diakritik belgilar.
4. O‘zbek orfografiyasining prinsiplari.
5. Fonetik prinsip, morfologik prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip.
6. Differensiyalash prinsipi, etimologik yoki grafik-etimologik prinsip.

Grafika haqida ma’Iumot

  • Grafika haqida ma’Iumot
  • Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda GRAFEMALAR sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi.

Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo‘lgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin:

  • Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo‘lgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin:

J (grafema)

  • J (grafema)
  • ifoda plani — J harfining bosma va yozma shakllari (optik-grafik tasviri)
  • mazmun plani - sirg‘aluvchi «j»
  • (jurnal so‘zidagi) va qorishiq «dj»
  • (Juda so‘zidagi) fonemalari.
  • ? (grafema)
  • ifoda plani — so‘roq (?) belgisining optik-grafik tasviri.
  • mazmun plani - so‘roq ohangi (intonema, prosodema).
  • 5 (grafema)
  • ifoda plani - 5 raqamining optik-grafik tasviri.
  • mazmun plani - «olti» bilan «to‘rt» orasidagi miqdor tushunchasi.

Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobiliga (kodlashtirilgan referentiga) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema, morfografema kabi tiplarga bo'linadi.

  • Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobiliga (kodlashtirilgan referentiga) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema, morfografema kabi tiplarga bo'linadi.

Download 243.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling